❓ YHQ Savoli

Ushbu vaziyatda quvib o'tishdan so'ng Siz o'rta bo'lakda qolishingiz mumkinmi?

Savol 2 rasmi
Yo'q
Ha

Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandi: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta bo'lakli yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta bo'lakka faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap bo'lakni egallash taqiqlanadi.