❓ YHQ Savoli

Tumanga qarshi chiroqlarni qorong'i vaqtda yo'lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan birga qo'llash mumkinmi?

Yo'q
Ha

Izoh: YHQ 23-bobi 137-bandi: Quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan; sutkaning qorong'i vaqtida yo'lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga; ushbu Qoidalarning 138-bandida ko'zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari o'rniga.