114

Bilet 114

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Yo'nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo'lovchi olish va tushirishga (yo'nalishli taksilar bundan mustasno) ruxsat etiladimi?

TaqiqlanadiTo'g'ri
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 22-bobi 133-bandiga asosan: Haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo'l berishlari kerak. O'z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o'zlariga yo'l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin. Yo'nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo'lovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yo'nalishli taksilar bundan mustasno).

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi belgida haydovchiga quvib o'tish taqiqlangan?

Savol 2
2 va 3To'g'ri
1 va 2
Barchasida taqiqlangan

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.20. “Quvib o'tish taqiqlangan”. Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi. 3.21. “Quvib o'tish taqiqlangan hududning oxiri”. 7.1.1. “Obyektgacha bo'lgan masofa”. Belgidan yo'lning xavfli joyi, yo'l harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo'nalishi bo'yicha oldindagi muayyan joygacha bo'lgan masofani ko'rsatadi. 7.2.1. “Ta’sir oralig'i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko'rsatkich belgilarining ta’sir oralig'ini ko'rsatadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Avtomobil haydovchisiga qaysi yo'nalish bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 3
Faqat chapgaTo'g'ri
Barcha yo'nalishlarga
O'ngga va chapga

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.6. “Bir tomonlama harakatli yo'lning oxiri”. 1.19. “Ikki tomonlama harakatlanish”. Yo'lning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qizil mashina haydovchisi o'tib ketayotgan mashina orqasida to'xtagan bo'lsa, «STOP» belgisida ham to'xtashi kerakmi?

Savol 4
Yo'q
HaTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.5. “To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. To'xtash chizig'i oldida, agar u bo'lmasa, kesib o'tiladigan qatnov qismining chetida to'xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, 7.13 qo'shimcha-axborot belgisi bo'lganda esa asosiy yo'ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bu belgi temir yo'l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o'rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to'xtash chizig'i oldida, u bo'lmasa, belgi oldida to'xtashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi yo'nalishlarda harakat qilish mumkin?

Savol 5
Barcha yo'nalishlarda harakatlanish taqiqlanadi
Chapga va qayrilib olish
ChapgaTo'g'ri
Barcha yo'nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi
To'g'riga va chapga

Izoh: YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma’noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta’sir etadi. YHQ 1 ilova: 5.8.2. “Tasma bo'yicha harakatlanish yo'nalishi”. Tasma bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi. Boshqa yo'nalishlar bo'yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo'lning chetki chap bo'lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi. 3.19. “Qayrilish taqiqlangan”.

Bu savol haqida batafsil →
6

Yengil avtomobil qaysi yo'nalish bo'yicha to'g'ri burilmoqda?

Savol 6
1To'g'ri
1 va 2
2

Izoh: YHQ 9-bobi 56-bandiga asosan: Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o'ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. YHQ 1 ilova: 5.9. “Yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan tasma”. Transport vositalari yo'nalishida harakatlanadigan yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan tasmani bildiradi. Belgi qaysi tasma ustida joylashgan bo'lsa, shu tasmaga tatbiq etiladi. Yo'lning o'ng tomoniga o'rnatilgan belgining ta’siri o'ng tasmaga tatbiq etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Chapga burilish sizga qaysi trayektoriya bo'yicha amalga oshirishga ruxsat etiladi?

Savol 7
Ko'rsatilgan trayektoriyalardan istalgan biri bo'yicha
Faqat «Б» trayektoriya bo'yichaTo'g'ri
Faqat «A» trayektoriya bo'yicha

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.6. “Bir tomonlama harakatli yoʻlning oxiri”. 1.19. “Ikki tomonlama harakatlanish”. Yoʻlning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Avtomobil haydovchisi qaysi yo'nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 8
Faqat «A» va «Б»
Barchasi
Faqat «A»
Faqat «Б»To'g'ri

Izoh: YHQ 9-bobi 56-bandiga asosan: Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o'ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. YHQ 1 ilova: 4.1.4. “Harakatlanish to'g'riga yoki o'ngga”.

Bu savol haqida batafsil →
9

Ko'k avtomobil haydovchisi qaysi yo'nalish bo'yicha qoidani buzib burilmoqda?

Savol 9
Faqat «Б»
Har ikki yo'nalish bo'yicha qoidani buzmayapti
Faqat «A»
Har ikki yo'nalish bo'yicha qoidani buzmoqdaTo'g'ri

Izoh: YHQ 9-bobi 56-bandiga asosan: Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o'ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. YHQ 2 ilova: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo'lagining chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi;

Bu savol haqida batafsil →
10

Aholi punktlaridan tashqarida qaysi avtomobil to'xtab turish qoidasini buzmadi?

Savol 10
Barcha avtomobillar to'xtab turish qoidasini buzdi
Qizil avtomobilTo'g'ri
Qizil va oq avtomobil
Ko'k avtomobil
Oq avtomobil

Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan: Transport vositalariga yo'lning o'ng tomonida yo'l yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida ko'rsatilgan hollarda trotuarda to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →