❓ YHQ Savoli

Yo'nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo'lovchi olish va tushirishga (yo'nalishli taksilar bundan mustasno) ruxsat etiladimi?

Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 22-bobi 133-bandiga asosan: Haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo'l berishlari kerak. O'z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o'zlariga yo'l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin. Yo'nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo'lovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yo'nalishli taksilar bundan mustasno).