113

Bilet 113

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Ushbu belgilardan qaysi biri qayrilib olishga ruxsat beradi?

Savol 1
Faqat 2 va 3
Barchasi
Faqat 1 va 2To'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.18.1. “O'ngga burilish taqiqlangan”. 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”. 3.19. “Qayrilish taqiqlangan”.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi avtomobilga qayrilib olish taqiqlanadi?

Savol 2
Ikkala avtomobilgaTo'g'ri
Yashil avtomobilga
Oq avtomobilga

Izoh: YHQ 9-bobi 59-bandiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun YETARLI BO'LMASA, uni qatnov qismining o'ng chetidan (o'ng yo'l yoqasidan) amalga oshirishga yo'l qo'yiladi. Bu holda haydovchi shu yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart. YHQ 2 ilova: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo'l qismlarida, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to'xtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini ko'rsatadi;

Bu savol haqida batafsil →
3

Quyidagi holatda qizil avtomobilga quvib o'tishga ruxsat beriladimi?

Savol 3
Ruxsat beriladiTo'g'ri
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.20. “Quvib o'tish taqiqlangan”. Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida nechta harakatlanish tasmasi bor?

Savol 4
Ikkita tasmaTo'g'ri
Uchta tasma
Bitta tasma

Izoh: YHQ 10-bobi 64-bandiga asosan: Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo'l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo'l belgilari bo'lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o'lchamlarini hisobga olgan holda o'zlari aniqlaydilar.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat beriladi?

Savol 5
«Б» va «В»
«А» va «Б»
«Б»To'g'ri
Barcha yo'nalishlarda

Izoh: YHQ 9-bobi 57-bandiga asosan: Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo'nalishdagi harakatlanish tomoniga o'tib ketmasligi kerak. O'ngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o'ng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak. YHQ 1 ilova: 4.1.4. “Harakatlanish to'g‘riga yoki o'ngga”. Faqat belgilarda ko'rsatilgan ko'rsatkichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Odamlarni quyidagi hollarda tashishga ruxsat etiladi:

Traktorlarda
Barcha hollarda tashish taqiqlanadiTo'g'ri
Bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida
Yuk tashiladigan tirkamalarda
Tirkama-uychada

Izoh: YHQ 26-bobi 159-bandiga asosan: Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida; transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo'ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno); Traktorlar va boshqa o'ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida;

Bu savol haqida batafsil →
7

Agar yo'l belgilari va chiziqlari boshqa yo'nalishni ko'rsatmagan bo'lsa, haydovchilar ajratuvchi bo'lagi bo'lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo'l inshooti qismlari (ko'prik, yo'l o'tkazgich ustunlari va shunga o'xshashlar)ni qaysi tomonidan o'tishi kerak?

O'ng va chap tomondan
O'ng tomondanTo'g'ri
Chap tomondan

Izoh: YHQ 10-bobi 76-bandiga asosan: Agar yo'l belgilari va chiziqlari boshqa yo'nalishni ko'rsatmagan bo'lsa, haydovchilar ajratuvchi bo'lagi bo'lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo'l inshooti qismlari (ko'prik, yo'l o'tkazgich ustunlari va shunga o'xshashlar)ni o'ng tomondan aylanib o'tishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
8

To'xtash deb nimaga aytiladi?

Transport vositasiga yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo'lmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan ko'proq vaqtga atayin to'xtatish
Transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo'lgan muddatga to'xtatish (harakatsiz holatga keltirish)To'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: To'xtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo'lgan muddatga to'xtatish (harakatsiz holatga keltirish);

Bu savol haqida batafsil →
9

To'xtab turish deb nimaga aytiladi?

Transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo'lgan muddatga to'xtatish (harakatsiz holatga keltirish)
Transport vositasiga yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo'lmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan ko'proq vaqtga atayin to'xtatishTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: To'xtab turish — transport vositasiga yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo'lmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan ko'proq vaqtga atayin to'xtatish

Bu savol haqida batafsil →
10

Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o'rgatish(transport vositasini haydab o'rgatish) qayerlarda o'tkazilishi kerak?

Aholi punktlarida
Yopiq maydonchalarda yoki avtodromlardaTo'g'ri
Turar joy dahalarida

Izoh: YHQ 25-bobi 146-bandiga asosan: Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o'rgatishga yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o'tkazilishi kerak

Bu savol haqida batafsil →