119

Bilet 119

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi rasmda to'rt tasmali yo'l ko'rsatilgan?

Savol 1
Birinchi rasmda
Ikkinchi va uchinchi rasmda
BarchasidaTo'g'ri
Birinchi va ikkinchi rasmda

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo'lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo'lgan, yo'l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo'l qatnov qismining har qanday bo'ylama tasmasi; YHQ 2 ilova: 1.3 — to'rt va undan ortiq harakatlanish bo'lagi bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi;

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi javobda yo'l belgilari guruhlarining ketma-ketligi to'g‘ri ko'rsatilgan?

Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Buyuruvchi, Taqiqlovchi, Axborot-ko'rsatkich, Servis, Qo'shimcha axborot
Yuqoridagi barcha javoblar to'g‘ri
Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Taqiqlovchi, Buyuruvchi, Axborot-ko'rsatkich, Servis, Qo'shimcha axborotTo'g'ri
Taqiqlovchi, Imtiyoz, Buyuruvchi, Axborot-ko'rsatkich, Ogohlantiruvchi, Servis, Qo'shimcha axborot

Izoh: YHQ 1 ilova: Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Taqiqlovchi, Buyuruvchi, Axborot-ko'rsatkich, Servis, Qo'shimcha axborot

Bu savol haqida batafsil →
3

Harakatlanish tartibini ko'rsating:

Savol 3
1-tramvay sariq avtomobil bilan bir vaqtda, qora avtomobil, 2-tramvay
1-tramvay sariq avtomobil bilan bir vaqtda, 2-tramvay qora avtomobil bilan bir vaqtdaTo'g'ri
1-tramvay, 2-tramvay, sariq avtomobil, qora avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi. YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'gʻriga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
4

Belgilangan yo'nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Savol 4
Har ikkisiga ruxsat etiladiTo'g'ri
Faqat chapga ruxsat etiladi
Faqat o'ngga ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 9-bobi 57-bandi: Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo'nalishdagi harakatlanish tomoniga o'tib ketmasligi kerak. O'ngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o'ng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Aholi punktlarida quvib o'tishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?

Tovushli ishoralardan
Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridanTo'g'ri
Har ikkisidan foydalanish mumkin

Izoh: YHQ 8-bobi 48-bandi: Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo'lgan hollarda yo'l-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida ko'rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi. YHQ 8-bobi 49-bandi: Quvib o'tish haqida tovushli ishora o'rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o'chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
6

Aholi punktlaridan tashqarida quvib o'tishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?

Har ikkisidan foydalanish mumkinTo'g'ri
Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan
Tovushli ishoralardan

Izoh: YHQ 8-bobi 48-bandi: Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo'lgan hollarda yo'l-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida ko'rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi. YHQ 8-bobi 49-bandi: Quvib o'tish haqida tovushli ishora o'rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o'chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
7

Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmay harakatlanmoqda?

Savol 7
O'ngdagi rasmda
Chapdagi rasmda
Ikkala rasmdaTo'g'ri

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.23 — yo'lning faqat yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan bo'lagini bildiradi. 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo'lagining chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi;

Bu savol haqida batafsil →
8

Sariq avtomobil haydovchisiga avtoturargohga kirishga ruxsat etiladimi?

Savol 8
Ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.11.1. “Qayrilib olish joyi”. Chapga burilish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Qaysi yo'nalish bo'yicha harakatlanishga ruxsat berilgan?

Savol 9
Faqat «A»
Har ikki yo'nalishda taqiqlanadi
Har ikki yo'nalishda mumkun
Faqat «Б»To'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to'gʻriga”. 4.1.1 — 4.1.6 yo'l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o'rnatilsa, belgining taʼsiri shu kesishmaga joriy qilinadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Ushbu vaziyatda oxirgi bo'lib kim o'tadi?

Savol 10
Ko'k avtomobil
Qizil avtomobilTo'g'ri
O'zaro kelishib o'tadilar
Sariq avtomobil

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.3.3. “Ikkinchi darajali yo'l bilan tutashuv”. 2.7. “Ro'paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz”. Yo'lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro'paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →