❓ YHQ Savoli

Aholi punktlaridan tashqarida quvib o'tishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?

Har ikkisidan foydalanish mumkin
Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan
Tovushli ishoralardan

Izoh: YHQ 8-bobi 48-bandi: Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo'lgan hollarda yo'l-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida ko'rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi. YHQ 8-bobi 49-bandi: Quvib o'tish haqida tovushli ishora o'rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o'chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.