12

Bilet 12

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi hollarda bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmasi bo'lgan yo'lda to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi?

Ko'priklarda, estakadalarda va yo'l o'tkazgichda
Sanab o'tilgan barcha hollardaTo'g'ri
Ko'priklar, estakadalar va yo'l o'tkazgich ostida

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi: tramvay yo'llarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan hollarda; temir yo'l kesishmalarida; tunnellarda; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yoʻl o'tkazgich va estakadalarning ustida; ko'prik, yo'l o'tkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan to'xtab turish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno);

Bu savol haqida batafsil →
2

Haydovchi tormozlanishda boshlangan avtomobilning sirpanib ketishini to'xtatish uchun bajarishi kerak

Uzgichni ajratishi va to'xtab turish tormozi bilan tormozlashi
Boshlangan tormozlashni to'xtatishTo'g'ri
Uzgichni ajratishi
Tormoz tepkisini oxirigacha bosishi

Izoh: Avtomobilning sirpanchiq yoʻlda surilish va orqa g'ildiraklarining blokirovkasi sababli tormozlashda vujudga keladi. Bu holda birinchi navbatda surilish sababini bartaraf etish, ya'ni boshlangan tormozlanishni toʻxtatish lozim. Keyinchalik rul chambaragini surilish tomon burib, harakat yo'nalishini to'g'rilab olish mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
3

Haydovchiga transport vositalarining to'xtab turish joylari chegarasini bildiradigan uzluksiz chiziqni kesib o'tishga ruxsat etiladimi?

Savol 3
Hamma hollarda ruxsat etiladi, agar to'xtab turish joyida boshqa transport vositalari yo'q bo'lsa
Kirish va chiqish uchun ruxsat etiladi
To'xtash uchun ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining uchinchi va o'ttiz to'rtinchi xatboshlariga asosan: 1.1— qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.

Bu savol haqida batafsil →
4

Yopiq shlagbaum oldida turgan transport vositalarini aylanib o'tishga ruxsat etiladimi?

TaqiqlanadiTo'g'ri
Faqat yon kajavasiz mototsikllarga ruxsat etiladi
Agar aylanib o'tayotgan transport vositasining tezligi 8 km/soatdan kam bo'lsa taqiqlanadi
Ruxsat etiladi, agar ro'paradan kelayotgan transport vositalari yo'q bo'lsa

Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandining yettinchi xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish bo'lagiga chiqib aylanib o'tish.

Bu savol haqida batafsil →
5

Chorrahadan uchinchi bo'lib qaysi avtomobil o'tadi?

Savol 5
Yashil avtomobil
Ko'k avtomobilTo'g'ri
Qizil avtomobil
Sariq avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Haydovchi piyodalarga qachon yo'l berishi kerak?

Hovlidan yo'lga chiqishda
Yo'ldan hovliga kirishda
Sanab o'tilgan barcha hollardaTo'g'ri
Yonilg'i shoxobchasidan yo'lga chiqishda
To'xtab turish joyidan yo'lga chiqishda

Izoh: YHQ 9-bobi 54-bandiga asosan: Yondosh hududlardan yo'lga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalari va piyodalarga, shuningdek yoʻldan chiqishda harakat yo'nalishini kesib o'tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Ko'rsatilgan holatda yengil avtomobilga to'xtab turishga ruxsat etiladimi?

Savol 7
TaqiqlanadiTo'g'ri
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining oʻninchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: transport vositasi svetofor ishoralari, yo'l belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

Bu savol haqida batafsil →
8

Yuk tashish taqiqlanadi, agar:

Yuk transport vositasining gabaritlaridan 1 metrdan ortiq chiqib tursa
Tashilayotgan yuk vazni shu transport vositasi uchun ishlab chiqargan korxona belgilagan kattalikdan ortiq bo'lsaTo'g'ri
Yuk enining chekka nuqtasi oldingi yoki orqa gabarit chirog'ining tashqi chekkasidan 0,4 metrdan ortiq chiqib tursa
Barcha aytilgan hollarda

Izoh: YHQ 27-bobi 160-bandiga asosan: Tashilayotgan yukning vazni va o'qlarga tushadigan og'irlik miqdorining taqsimlanishi ishlab chiqargan korxona tomonidan ushbu transport vositasi uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Avtomobilning yon tomonga sirpanib ketishi nima sababdan ro'y berishi mumkin?

Faqat birdaniga keskin burilish sababli
Faqat birdaniga keskin tormozlash sababli
Birdaniga keskin tezlik olish va keskin tormozlash sababli
Hamma sanab o'tilgan hollardaTo'g'ri

Izoh: Avtomobilning yon tomonga sirpanib ketishiga quydagi omillar sababli ro'y beradi: avtomobil rulini birdaniga keskin burish, keskin tormozlash hamda avtomobil tezligini keskin oshirish.

Bu savol haqida batafsil →
10

N2; N3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasida qanday eng katta umumiy lyuft yig'indisiga yo'l qo'yiladi?

25°To'g'ri
30°
16°
26°
20°

Izoh: YHQ 3-ilovasi 2-bo'limining 2.1-bandiga asosan: Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yigʻindisi reglament (qat'iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko'rsatkichdan katta boʻlmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →