
Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining uchinchi va o'ttiz to'rtinchi xatboshlariga asosan: 1.1— qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.