121

Bilet 121

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Ushbu yo'l belgisi chorahalarda o'nga burilayotgan relezsiz transport voisitalariga svetaforning qaysi ishorasida harakatlanishga ruhsat etiladi ?

Savol 1
Sariq ishora
Qizil ishora
Ko'rsatilgan barchasiTo'g'ri
Yashil ishora

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.42. “Qizil chiroqda o'ngga harakatlanish”. Transport svetofori qizil chirog'ining o'ng yoniga 5.42 yo'l belgisi o'rnatilgan bo'lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko'rgan holda o'ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo'nalishi bo'yicha va burilayotgan ko'chani kesib o'tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo'l berishlari shart.

Bu savol haqida batafsil →
2

Yo'l patrul hizmat hodimlariga yo'l harakat qatnashchilari bilan o'zaro munosabatlari va maxsuz moslamalardan foydalanishda nizom to'grisidagi qonunda qanday tartib qo'yilgan ?

Savol 2
Kuzatish
Yo'l transport hodisasini oldini olish va harakat havfsizligini taminlash
Taqib qilish
Ko'rsatilgan barcha javoblarTo'g'ri
Maxsus tadbirlar o'tkazish

Izoh: Yo'l-patrul xizmati xodimlarining yo'l harakati qatnashchilari bilan o'zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to'g'risida 1-bob. Umumiy qoidalarda keltirilgan.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ko'rsatilgan yo'l belgilarining qaysi birida eng kam tezlikda harakatlanish kerak ?

Savol 3
Chapdagi belgida
Har ikkisida
O'ngdagi belgidaTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.18. “Tavsiya etilgan tezlik”. Yo'lning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini bildiradi. YHQ 1 ilova: 4.7. “Eng kam tezlik”. Faqat belgida ko'rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Ushbu qora transport vositasining haydovchisi yo'nalishni o'zgartirishi qanday nomlanadi ?

Savol 4
Barcha javoblar to'gri
Xavfli harakatlanish
Bo'laklar sonini o'zgartish
Avariya holatini yuzaga keltirishTo'g'ri
Manyovr qilish

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: Avariya holatini yuzaga keltirish — yo'l harakatining boshqa ishtirokchilarini harakat yo'nalishi yoki tezligini keskin o'zgartirishga, shuningdek, o'z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun o'zga choralarni ko'rishga majbur qilish;

Bu savol haqida batafsil →
5

Piyodalarga qatnov qismidan kesib o'tishga ruxsat etiladimi ?

Savol 5
TaqiqlanadiTo'g'ri
Barcha holatda ruxsat etiladi
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 4-bobi 19-bandi: Tartibga solinmaydigan piyodalar o'tish joylarida, piyodalar yaqinlashayotgan transport vositalarigacha bo'lgan masofani va ularning tezligini chamalab ko'rib, o'tish o'zlari uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so'ng qatnov qismi (tramvay bekati)ga chiqishlari ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havotadi etanol bug'lari kontsentrasiyasi qancha miqdorni ko'rsatgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik este'mol qilganligi fakti yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtiradi ?

Puflangan havoning bir litrida 0,105 milligramm va undan yuqori bo'lgan hallorda
Puflangan havoning bir litrida 0,255 milligramm va undan yuqori bo'lgan hallorda
Puflangan havoning bir litrida 0,135 milligramm va undan yuqori bo'lgan hallordaTo'g'ri

Izoh: Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to'g'risidagi nizom. 2-bob. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan o'tkazish tartibi. 10. Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bug'lari konsentratsiyasi ko'rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo'lgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligi fakti yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiradi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Avtomobilda bolalarni himoya qilish tizimini joylashtirish uchun qaysi joy eng xavfsiz hisoblanadi ?

Savol 7
Oldi o'rindiq
Orqa o'rta o'rindiqTo'g'ri
Haydovchi orqasidagi o'rindiq

Izoh: YHQ Umumiy qoidalar: 3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: fuqarolarning, ayniqsa, bolalarning yo'l-transport hodisalari hamda oqibatlaridan himoyalanganligini taʼminlash maqsadida aholi hamda haydovchilar o'rtasida 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni maxsus bolalar o'rindig'ida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transport vositasining orqa o'rindig'idagi yo'lovchilar ham xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari, shuningdek, sutkaning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda yo'lni kesib o'tishda va yo'l yoqalaridan yoki qatnov qismining chetidan harakatlanishda, piyodalarning ustki kiyimida nur qaytaruvchi elementlar bo'lishi inson hayotini saqlab qolish uchun muhim ekanligini keng targ'ib qilish bo'yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Bu savol haqida batafsil →
8

Ushbu belgi qaysi moddalarga kiradi ?

Savol 8
Oksidlovchi moddalarTo'g'ri
Toksik moddalar
Organik peroksidlar

Izoh: YHQ 4 ilova: Xavflilik belgilari. Oksidlovchi moddalar;

Bu savol haqida batafsil →
9

Ushbu holatta siz qanday yo'l tutishingiz kerak?

Savol 9
Ovozli ishora berib, tezlikni oshiring
Zarur bo'lganda tezlikni kamaytiroladigan darajada kamaytiringTo'g'ri
Chapga burilib, to'siqni aylanib o'ting
To'xtovsiz harakatni davom ettiring
Bu savol haqida batafsil →
10

Ushbu belgi o'rnatilgan hududda qaysi toifalarga ega avtotransport vositalari harakatlanishi mumkun?

Savol 10
O'rta
Zararli
TozaTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.35. “Ekologik zona hududida “o'rta” va “zararli” ekologik toifalarga ega avtotransport vositalari harakatlanishi taqiqlangan. 3.35 belgisi ekologik zona hududiga kirishdan 150 — 300 metr oldin o'rnatiladi.

Bu savol haqida batafsil →