
Izoh: YHQ 1 ilova: 5.42. “Qizil chiroqda o'ngga harakatlanish”. Transport svetofori qizil chirog'ining o'ng yoniga 5.42 yo'l belgisi o'rnatilgan bo'lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko'rgan holda o'ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo'nalishi bo'yicha va burilayotgan ko'chani kesib o'tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo'l berishlari shart.