
Izoh: YHQ Umumiy qoidalar: 3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: fuqarolarning, ayniqsa, bolalarning yo'l-transport hodisalari hamda oqibatlaridan himoyalanganligini taʼminlash maqsadida aholi hamda haydovchilar o'rtasida 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni maxsus bolalar o'rindig'ida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transport vositasining orqa o'rindig'idagi yo'lovchilar ham xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari, shuningdek, sutkaning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda yo'lni kesib o'tishda va yo'l yoqalaridan yoki qatnov qismining chetidan harakatlanishda, piyodalarning ustki kiyimida nur qaytaruvchi elementlar bo'lishi inson hayotini saqlab qolish uchun muhim ekanligini keng targ'ib qilish bo'yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;