14

Bilet 14

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Sonning yumshoq to'qimalari lat yeganda birinchi tibbiy yordam qanday ko'rsatiladi?

Lat yegan oyoqni tarang qilib (pastdan yuqoriga) bog'lash, singandagi kabi shina qo'yish, bir stakan choyga yarim choy qoshig'ida ichimlik soda solib ichirish, kasalxonaga jo'natish
Oyoqqa yumshoq predmet qo'yish
Lat yegan joyni qattiq bog'lash, 15-20 daqiqaga muz solingan xalta qo'yish, oyoqni yuqori ko'tarish, tinch qo'yishTo'g'ri

Izoh: Shikastlangan qoʻl yoki oyoqni baland holatda saqlamoq va ichki qon quyilishini oldini olish uchun mumkin qadar tarang bog'ich bogʻlash lozim. Shikastlangan joyga 15-20 daqiqa muz qo'yiladi (sovutish uchun sovuq kompress, muzli xalta, sovuq suv va boshqalar ishlatilishi mumkin). Og'riqni qoldirish uchun shikastlangan organga harakatsizlik sharoiti yaratiladi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Agar yo'l boshlanishida ushbu belgi turgan bo'lsa, qatnov qismining chap chetidagi tasmaga o'tish mumkinmi?

Savol 2
Quvib o'tish uchun mumkin, agar ro'paradan harakatlanish bo'lmasa va tasma qatnov qismining qolgan tasmalaridan uzuq-uzuq chizig'i bilan ajratilgan bo'lsa
Chapga burilish uchun mumkin
Hech qanday holatda mumkin emasTo'g'ri

Izoh: YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo'l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to'xtashi taqiqlanadi. Shuningdek, bunday joylarda yo'nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki o'ng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qarama-qarshi yo'nalishdagi transportlar oqimi ikkita sidirg'a chiziqlar bilan ajratilgan yo'l nechta harakatlanish tasmaga ega?

Savol 3
To'rtta va undan ko'p tasmagaTo'g'ri
Uchta
Ikkita yoki uchta
Ikkita

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining beshinchi xatboshisiga asosan: 1.3 — to'rt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yo'llarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qaysi transport vositalariga harakatlanish uchun ruxsat berilgan?

Savol 4
Yengil va yuk avtomobillariga
Yengil avtomobilga va mototsiklgaTo'g'ri
Mototsiklga, yengil va yuk avtomobillariga

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Avtomobillar chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:

Savol 5
Ko'k, yashil bilan bir vaqtda qizil
Yashil, qizil, ko'k bilan bir vaqtdaTo'g'ri
Ko'k, yashil, qizil

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Sirpanchiq yo'lda orqa yetakchi avtomobil uchun tormozlashning qaysi usuli xavfsiz to'xtashni ta'minlaydi?

Savol 6
Ulagichni uzmasdan tormoz tepkisini keskin bosish
Ulagichni uzmasdan tormoz tepkisini ko'plab marta uzuq-uzuq bosish va qo'yib yuborishTo'g'ri
Ulagichni uzgan holda tormozlash

Izoh: Sirpanchiq yo'lda to'xtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmay, dvigatel orqali tormozlanishni qoʻllab va g'ildiraklarning blokirovkasi (aylanmasdan sirpanishi) ga yoʻl qo'ymagan holda to'xtash lozim.

Bu savol haqida batafsil →
7

Transport vositasining bitta o'qiga har xil naqshli shinalarni o'rnatishga ruxsat etiladimi?

Oldingi yetakchi koʻprikli avtomobilning faqat orqa o'qiga ruxsat etiladi
Faqat oldingi o'qiga ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 3-ilovasi 5-bo'limining 5.5-bandiga asosan: Transport vositasining bitta oʻqiga har xil o'lchamli va konstruksiyali (dioganal va radial, kamerali va kamerasiz), har xil naqshli, sovuqqa chidamli va chidamsiz, yangi va qayta tiklangan, yangi va protektor naqshi chuqurlashtirilgan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Quvib o'tishda faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan ogohlantiruvchi ishora sifatida foydalanish mumkinmi?

Mumkin emas
Aholi punktidan tashqaridagi yo'llarda mumkin
Hamma holda mumkin
Mumkin, agar bu boshqa haydovchilarning ko'zini qamashtirmasa, shu jumladan, orqani ko'rish ko'zgusi orqali hamTo'g'ri

Izoh: YHQ 8-bobi 44-bandiga asosan, quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi: burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq yoki qo'l bilan beriladigan ishoralar; tovushli ishoralar; chiroqlarning yoqib o'chirilishi; kunduz kuni yaqinni yorituvchi chiroqlarning yoqilishi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Shatakka olish taqiqlanadi:

Yon kajavasi yo'q mototsikllarniTo'g'ri
Ulagich bilan birga transport vositalarining umumiy uzunligi 20 metr bo'lganda
Yaxmalakda, qattiq ulagich bilan
Yon kajavasi bor mototsikllarni

Izoh: YHQ 24-bobi 145-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek bunday mototsikllarni.

Bu savol haqida batafsil →
10

Quyidagi qaysi belgilar ogohlantiruvchi belgilar jumlasiga kiradi?

Savol 10
Uchinchidan boshqa barchasi
HammasiTo'g'ri
Ikkinchidan boshqa barchasi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-Bo'limidagi 1.7. «Aylanma harakatlanish bilan kesishuv», 1.12.1. «Xavfli burilishlar», 1.31.1. «Burilishning yoʻnalishi», 1.18.2. «Yo'lning torayishi» (o'ngga torayish) hamda 1.11.1. «Xavfli burilish» (oʻngga) belgilari ogohlantiruvchi belgilar jumlasiga kiradi.

Bu savol haqida batafsil →