❓ YHQ Savoli

Transport vositasining bitta o'qiga har xil naqshli shinalarni o'rnatishga ruxsat etiladimi?

Oldingi yetakchi koʻprikli avtomobilning faqat orqa o'qiga ruxsat etiladi
Faqat oldingi o'qiga ruxsat etiladi
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 3-ilovasi 5-bo'limining 5.5-bandiga asosan: Transport vositasining bitta oʻqiga har xil o'lchamli va konstruksiyali (dioganal va radial, kamerali va kamerasiz), har xil naqshli, sovuqqa chidamli va chidamsiz, yangi va qayta tiklangan, yangi va protektor naqshi chuqurlashtirilgan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa taqiqlanadi.