18

Bilet 18

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Agar tuproq yo'lda bevosita chorraha oldida to'shamali (qoplamali) yo'l qismi bo'lsa, bu uni kesib o'tayotgan asosiy yo'l bilan teng huquqli qiladimi?

Yo'qTo'g'ri
Ha

Izoh: YHQ 1-bobi 6-bandining sakkizinchi xatboshisiga asosan: Asosiy yoʻl — tuproqli yoki shag'alli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo'l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Taqiqlovchi belgi yo'lning haydovchi toʻxtagan qismiga ta'sir qiladimi?

Savol 2
Ta'sir qilmaydi
Ta'sir qiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-Bo'limining qirq uchinchi xatboshisiga asosan: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta’siri belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo'lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta’siri qiladi. Yondosh hududlardan yo'lga chiqish joylarida yoki yo'lning dala, o'rmon yo'llari va boshqa doimiy harakatlanish, o'tib ketish uchun mo'ljallanmagan yo'llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, bu belgilarning ta’siri yo'qolmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Aholi punktlaridan tashqarida qaysi belgi takrorlanadi?

Savol 3
5
1
4
3To'g'ri
2

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-boʻlimining qirq ikkinchi xatboshisiga asosan: Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yoʻlning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o'rnatiladi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Yo'lning o'rtasida joylashgan bekatda to'xtagan yo'nalishli tramvay yonidan o'tayotganda haydovchi nima qilishi kerak?

To'xtab turgan tramvayga ketayotgan yoki undan tushayotgan yo'lovchilarga yo'l berishi kerakTo'g'ri
To'xtashi kerak va tramvay eshiklarini yopganidan so'ng qo'zg'alishi kerak

Izoh: YHQ 17-bobi 114-bandiga asosan: Agar yo'lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan bo'lsa, haydovchi bekatda toʻxtagan yo'nalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Chorrahadan oxirgi bo'lib qaysi avtomobil o'tadi?

Savol 5
Sariq avtomobil
Yashil avtomobilTo'g'ri
Ko'k avtomobil
Qizil avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng axamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
6

Kunning qorong'u vaqtida yo'lning yoritilmagan qismlarida harakatlanayotganda mexanik transport vositasining qaysi chiroqlari yoqilgan bo'lishi kerak?

Faqat yaqinni yorituvchi faralar
Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi faralarTo'g'ri
Faqat uzoqni yorituvchi faralar

Izoh: YHQ 23-bobi 134-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan: Qorong'i vaqtda va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda, shuningdek yoʻlning yoritilganligidan qat'i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo'lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari — uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.

Bu savol haqida batafsil →
7

Qayrilib olish taqiqlanadi:

Ko'priklarda, osma yo'llarda, estakadalarda va ularning ostida
Tonellarda
Temir yo'l kesishmalarida
Hamma sanab o'tilgan hollardaTo'g'ri
Piyodalar o'tish joylarida

Izoh: YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning o'tish joylarida; tunnellarda; koʻpriklar, yoʻl o'tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno); temir yo'l kesishmalarida; yo'lning ko'rinishi biror-bir yo'nalishda 100 metrdan kam bo'lgan joylarda.

Bu savol haqida batafsil →
8

Yashil avtomobil haydovchisi:

Savol 8
Ustunlikka ega, chunki burilish ishorasini yoqdi
Ko'k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki o'zib o'tish uchun mo'ljallangan tasmadan ketmoqda
Bir xil yo'nalishda to'g'riga harakatlanayotgan ko'k avtomobilga yo'l berishi kerakTo'g'ri

Izoh: YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi o'ng tomondagi transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olinganda, yuk avtomobilining yukxonasida odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?

Faqat shatakka olgan avtomobil yukxonasida ruxsat etiladiTo'g'ri
Faqat shatakka olingan avtomobil yukxonasida ruxsat etiladi
Shatakka olgan va shatakka olingan avtomobillarning yukxonasida ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 24-bobi 143-bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Transport vositalaridan qanday shartlarda foydalanishga ruxsat etiladi?

N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi 1,6 mm.ni tashkil qiladiTo'g'ri
M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o'qiga ikkinchi klassdagi ta'mirlangan shinalar o'rnatilgan
Shinalarning ayrim joylarida kord ko'rinib qoladigan nuqsonlari bor

Izoh: YHQ 3-ilovasi 5-Bo'limi 5.1-bandiga asosan: Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, ОЗ, О4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa foydalanish taqiqlanadi. YHQ 3-ilovasi 5-Bo'limi 5.2-bandiga asosan: Shinalarda kord ko'rinishiga olib kelgan tashqi nuqsonlar (teshilgan kesilgan, yorilgan), hamda karkas qatlamlari ajralgan, protektor va yon qismlari koʻchgan bo'lsa foydalanish taqiqlanadi. YHQ 3-ilovasi 5-bo'limi 5.7-bandiga asosan: М1, M2, МЗ toifalarni I klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o'qiga, МЗ toifani II va III klassidagi avtotransport vositalarini oʻrta va orqa o'qlariga ikkinchi ta'mirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →