❓ YHQ Savoli

Transport vositalaridan qanday shartlarda foydalanishga ruxsat etiladi?

N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi 1,6 mm.ni tashkil qiladi
M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o'qiga ikkinchi klassdagi ta'mirlangan shinalar o'rnatilgan
Shinalarning ayrim joylarida kord ko'rinib qoladigan nuqsonlari bor

Izoh: YHQ 3-ilovasi 5-Bo'limi 5.1-bandiga asosan: Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, ОЗ, О4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa foydalanish taqiqlanadi. YHQ 3-ilovasi 5-Bo'limi 5.2-bandiga asosan: Shinalarda kord ko'rinishiga olib kelgan tashqi nuqsonlar (teshilgan kesilgan, yorilgan), hamda karkas qatlamlari ajralgan, protektor va yon qismlari koʻchgan bo'lsa foydalanish taqiqlanadi. YHQ 3-ilovasi 5-bo'limi 5.7-bandiga asosan: М1, M2, МЗ toifalarni I klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o'qiga, МЗ toifani II va III klassidagi avtotransport vositalarini oʻrta va orqa o'qlariga ikkinchi ta'mirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi.