Izoh: Ishlayotgan tormozning birdan ishdan chiqish holati alomatlari ko'p: avtomobil tezligi, toʻxtab turish tormozining ishlash qobiliyati, harakat oqimining zichligi, yoʻl kengligi, piyodalar, koʻkalamzorlashtirilgan joylar, qurilayotgan imoratlarning zichligi qarama-qarshi yo'nalishda kelayotgan transport vositalarining zichligi va boshqalar. Shuningdek ko'pgina toʻxtamlarga kelish mumkin. Tormoz ishlamay qolganda nima qilish kerak? degan savolga barcha holatlarga to'g'ri keladigan javob berib bo'lmaydi. Shunday qilib, xavfli vaziyatda eng asosiy narsa bu: o'ziga ishonish va osoyishtalikni saqlash; kelib chiqqan holatni tezda baholash; inson hayotiga xavf-xatar solmaydigan va ziyon yetkazmaydigan qaror qabul qilish va qabul qilingan qarorni amalga oshirayotgan vaqtda vaziyatning oʻzgarishi natijasida taktikani o'zgartirishga tayyor turish.