21

Bilet 21

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Yaltirovchi ko'k mayoqcha va unga qo'shimcha maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositasi sizga yaqinlashib kelmoqda. Siz shunday transport vositasiga qarshi harakatlanayotgan bo'lsangiz, nima qilishingiz lozim?

Yo'l yoqasida yoki qatnov kismining chetida to'xtash
Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga halaqit bermasdan yo'l chetidan harakatlanishTo'g'ri

Izoh: YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan: Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ko'rsatilgan belgi ostidagi qo'shimcha axborot belgisi qanday maqsadda o'rnatilgan?

Savol 2
Belgining amal qilish hududida foto va video moslamalardan foydalanish ta'qiqlanadi
DYHXX tomonidan harakat jarayoni foto va video kuzatuviga olingan yo'l qismini bildiradiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining o'ttiz ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.19. «Foto va video qayd etish». Yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qo'llaniladi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan yo'nalishlarning qaysi biridan harakat qilish mumkin?

Savol 3
Chapga va orqaga
Faqat to'g'rigaTo'g'ri
To'g'riga, chapga va orqaga

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining o'ttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg'a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib o'tishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Savol 4
Tramvay, avtomobil, mototsikl
Mototsikl, avtomobil, tramvayTo'g'ri
Tramvay, mototsikl, avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 104-Bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'lda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:

Savol 5
Yashil avtomobil
Qizil avtomobil
Ko'k avtomobilTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi опддап kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
6

Yo'lning yoritilmagan qismlarida qorong'i vaqtda to'xtaganda gabarit chiroqlari nosoz bo'lsa:

O'ngroqqa olish va yaqinni yorituvchi farani yoqish zarur
Transport vositasini yo'ldan tashqariga chiqarish, agar buning iloji bo'lmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozimTo'g'ri
Yaqinni yorituvchi faralarni yoqish

Izoh: YHQ 23-bobi 136-bandi: Sutkaning qorong'i vaqtida yo'lning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda to'xtagan yoki to'xtab turgan transport vositasida gabarit fara chiroqlari yoqilgan bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Bu joyda to'xtash mumkinmi?

Savol 7
Mumkin
TaqiqlanganTo'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlarida yo'llarning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga har yo'nalishda bittadan harakatlanish boʻlagi boʻlgan va o'rtada tramvay izi bo'lmagan hamda harakat faqat bir tomonlama bo'lgan yoʻllarda ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Harakatlanish mumkin bo'lgan yo'nalish qaysi rasmda ko'rsatilgan?

Savol 8
O'ngdagi rasmdaTo'g'ri
Pastdagi rasmda
Chapdagi rasmda
O'rtadagi va o'ngdagi rasmda

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma uchinchi xatboshisiga asosan: 3.19. «Qayrilish taqiqlangan» belgisida faqat qayrilib olish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Orqa tomondagi tumanga qarshi chiroqlar quyidagi hollarda qo'llanishi mumkin:

Tonellarda harakatlanishda
Kunning qorong'i vaqtida safda harakatlanishda
Sanab o'tilgan barcha hollarda
Faqat yetarli ko'rinmaydigan sharoitlardaTo'g'ri
Kunning qorong'i vaqtida yuk tushirishda

Izoh: YHQ 23-bobi 140-bandiga asosan: Tumanga qarshi orqa chiroqlarni faqat yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda qo'llash mumkin. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni toʻxtash chiroqlari(stop-signal)ga ulash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qo'shaloq shinalar orasiga begona jismlar tiqilib qolganda transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladimi?

TaqiqlanadiTo'g'ri
Mazkur yo'nalishda ikki va undan ortiq tasma bo'lganda yo'lning faqat o'ng tarafdagi tasmasi bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladi
Ko'pi bilan 40 km/soat tezlikda harakat qilishga ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 3-ilovasi 5-boʻlimi 5.3-bandiga asosan: Qo'shaloq shinalar orasiga xavf-xatar tug'diruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan bo'lsa foydalanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →