20

Bilet 20

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish ustunligiga ega?

Savol 1
Yo'l xizmati mashinasining haydovchisi
Yengil avtomobil haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. YHQ 6-bobi 29-bandiga asosan: Zarg'aldoq yoki sariq rangli chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari yoʻl qurilishi, ta'mirlanishi va tozalanishi jarayonida hamda texnik shikastlangan, nosoz bo'lgan, shuningdek qonunda koʻzda tutilgan hollarda boshqa transport vositalarini ortishda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning yo'l belgilari (2.2, 2.4 — 2.6, 3.11 — 3.14, 3.17.2, 3.20 yo'l belgilaridan tashqari), yoʻl chiziqlari hamda 67 — 71 va 121-bandlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
2

Bu belgilarning qaysi biri «Bir tomonlama harakatlanish yoʻliga chiqish»ni bildiradi?

Savol 2
Birinchi va beshinchiTo'g'ri
Ikkinchi va to'rtinchi
Uchinchi va beshinchi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-Bo'limining па sakkizinchi xatboshisiga asosan: 5.7.1, 5.7.2. «Bir tomonlama harakatli yo'lga chiqish». Harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yo'lga yoki qatnov qismiga chiqishni bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi yo'nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 3
«В» yo'nalishda
«Б» yo'nalishda
«Б» va «В» yo'nalishlarida
«A» yo'nalishda
«A», «Б» va «В» yo'nalishlaridaTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oʻn uchinchi xatboshisiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi; YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oʻttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 1.11 chizig'ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg'a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib o'tishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Quyidagi hollarning qaysi birida temir yo'l kesishmasiga kirish taqiqlanadi?

Svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonganda shlagbaum ochiq turgan holatdaTo'g'ri
Qishloq xo'jaligi mashinasini mexanik transport vositasiga yuklab olib o'tish holatida
Tezligi 8 km/soatdan ko'p bo'lgan transport vositalari

Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: shlagbaum holatidan qat'i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida.

Bu savol haqida batafsil →
5

Avtomobillar chorrahadan quyidagi tartibda o'tadi:

Savol 5
Qizil, yashil, ko'k
Uchchalasi bir vaqtdaTo'g'ri
Ko'k, qizil, yashil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
6

Yo'lovchilarning va mahkamlanmagan yukning shiddat bilan oldinga surilib ketishiga nima sabab bo'lishi mumkin?

Savol 6
Faqat keskin tormozlashTo'g'ri
Faqat tezlikni keskin oshirish
Tezlikni keskin oshirish va keskin tormozlash

Izoh: Yo'lovchilar va yuklar birdan tormozlash natijasida oldinga qarab harakatlanishiga olib keladi. Keskin tezlashuv yo'lovchilar va yuklarning orqaga qarab harakatlanishiga olib keladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Kunduzgi vaqtda transportning old yoki orqa tomoniga 1 metrdan ortiq chiqib turgan yuk qanday belgilanadi?

Diagonali bo'yicha qizil va oq almashuvchi chiziqlari bo'lgan taxtacha yoki bayroqchalar bilanTo'g'ri
Qizil bayroqchalar bilan
Oq bayroqchalar bilan

Izoh: YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o'lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qorong'i vaqtda va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa bunga qo'shimcha ravishda old oq chiroq yoki yorug'lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug'lik qaytargich bilan belgilanishi kerak. YHQ 29-bobi 176-bandining sakkizinchi xatboshisiga asosan, transport vositalariga quyidagi taniqlik belgilari oʻrnatilishi kerak: «Katta oʻlchamli yuk» — ichiga kengligi 50 millimetrli, diagonal bo'yicha navbatma-navbat qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, nur qaytaradigan yuzali, o'lchami 400 x 400 millimetrli toʻrtburchak shaklidagi belgi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Bu yotiq chiziq quyidagi vazifani bajaradi:

Savol 8
Piyodalar o'tish joyini bildiradi, chiziq yo'naltirgichlari piyodalar harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadiTo'g'ri
Maxsus piyodalar yoʻlkasini bildiradi
Velosiped yo'lkasini bildiradi, chiziq yo'naltirgichlari bo'laklar bo'yicha harakat yo'nalishini ko'rsatadi

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshlariga asosan: 1.14.2 (zebra) — tartibga solinmagan va solingan piyodalarning o'tish joyini belgilaydi; 1.14.2 yotiq chiziqning yo'ʻnaltirgichlari piyodalarning harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Sirpanchiq yo'lda karbyuratorning drossel zaslonkasini keskin ochish qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Yurgizgich ishlashdan to'xtab qolishiga
Avtomobilning yonga sirpanib ketishigaTo'g'ri
Karbyurator qismlari ishdan chiqishiga

Izoh: Sirpanchiq yoʻlda surilish hollari avtomobil g'ildiraklarining shataksirashi (joyida aylanishi) natijasida harakatning birdan tezlanishdan kelib chiqadi. Bu holda surilish sabablarini bartaraf qilish, ya'ni yonilg'i o'tishini boshqaruvchi tepkisini (drossel zaslonkasini) bosishni kamaytirish lozim.

Bu savol haqida batafsil →
10

Yuk avtomobilining yukxonasida qancha miqdorda odamlarni tashishga ruxsat etiladi?

Haydovchining xohishiga ko'ra
Ma'muriyatning ko'rsatmasiga ko'ra
Tashilayotgan odamlar soni, o'tirish uchun jihozlangan o'rindiqlar miqdoridan ortiq bo'lmasligi kerakTo'g'ri
20 nafar kishidan ortiq emas

Izoh: YHQ 26-bobi 154-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida, shuningdek shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki tog'li yoʻnalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy tashishda tashilayotgan odamlar soni o'tirish uchun jihozlangan o'rindiqlar sonidan oshmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →