22

Bilet 22

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Sariq avtobusning haydovchisiga chorrahaga chiqishga ruxsat etiladimi?

Savol 1
Agar avtobus belgilangan yo'nalish bo'yicha yursa, tuxsat etiladi
Ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 14-bobi 97-bandiga asosan: Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to'xtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tug'diradigan bo'lsa, chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishini ko'rsating:

Savol 2
Faqat «В»
Faqat «Б»
«Б» va «В»
«A» va «Б»To'g'ri
Faqat «A»

Izoh: YHQ 1-ilovasi 4-bo'limining to'qqizinchi xatboshisiga asosan: 4.1.1 belgisi yo'lning qismi boshlanishiga o'rnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovli va boshqa yondosh hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi belgi faqat oyning juft kunlarida to'xtab turishni taqiqlanishini anglatadi?

Savol 3
4
2
3
1
5To'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-Bo'limining o'ttiz to'rtinchi xatboshisiga asosan: 3.30. «Oyning juft kunlarida toʻxtab turish taqiqlangan».

Bu savol haqida batafsil →
4

Bu yo'l belgisi:

Savol 4
Yo'lning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini ko'rsatadi
Belgida ko'rsatilgandan ortiq tezlikdagi harakatni taqiqlaydi
Faqat belgida ko'rsatilgan yoki yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat beradiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 4-Bo'limining yigirma toʻrtinchi xatboshisiga asosan: 4.7. «Eng kam tezlik». Faqat belgida koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Chorrahani oxirgi bo'lib kesib o'tadi:

Savol 5
Ko'k avtomobil
Yashil avtomobil
Qizil avtomobilTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi опддап kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
6

Haydovchi ko'zi qamashgan taqdirda quyidagilarni bajarishi shart:

Uzoqni yorituvchi chiroqni yoqishi va to'xtashi
Avariya (xavf-xatar) ishoralarini yoqishi va harakat bo'lagini o'zgartirmagan holda tezlikni kamaytirishi va to'xtashiTo'g'ri
Qatnov qismining iloji boricha o'ng tomoniga o'tib to'xtashi
Agar oldinda transport vositalari paydo bo'lsa, tasmani o'zgartirmay tezlikni kamaytirishi yoki to'xtashi

Izoh: YHQ 23-bobi 135-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan: Ko'zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo'lagini o'zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to'xtashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

To'xtash yo'li deb nimaga aytiladi?

Xavfning haydovchiga ma'lum bo'lgan paytidan tormozlash boshlanguncha avtomobilda o'tilgan masofa
Avtomobilda xavfning haydovchiga ma'lum bo'lgan paytidan boshlab to'la to'xtashga qadar o'tilgan masofaTo'g'ri

Izoh: To'xtash yo'liga haydovchining xavf-xatarsiz sezgan vaqtidan boshlab transport vositasining butunlay to'xtagunga qadar yurib o'tgan masofasi tushuniladi. To'xtash yo'li doim tormoz yoʻlidan ko'proq bo'ladi, chunki tormozlanish boshlanishidan avval transport vositasi haydovchining reaksiya vaqti va tormoz uzatmasining ishlab ketish vaqtiga bog'liq bo'lgan masofadan o'tib oladi

Bu savol haqida batafsil →
8

Transport vositalarida sun'iy yoritilgan tunnelda harakatlanayotganda qanday yoritish asboblari yoqilishi kerak?

Yoritish chiroqlari yoqilmaydi
Faqat uzoqni yorituvchi fara chiroqlari
Avariya (xavf-xatar) ishoralari
Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlariTo'g'ri

Izoh: YHQ 23-bobi 134-bandining birinchi va ikkinchi xatboshlariga asosan: Qorong'i vaqtda va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo'lning yoritilganligidan qat'i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo'lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari — uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.

Bu savol haqida batafsil →
9

Avtomobilda tibbiyot qutichasini qayerda saqlash lozim?

Avtomobilning kuzovida ko'rinadigan joyda
Tayyorlovchi korxona tomonidan belgilangan joylarda berk holatdaTo'g'ri
Yengil avtomobilning yukxonasida

Izoh: YHQ 3-ilovasi 7-bo'limining 7.10-bandiga asosan, tibbiyot qutichasi, oʻt o'chirgich transport vositalarini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan joyda mustahkam o'rnatiladi. Agar transport vositasining konstruksiyasida bunday joy koʻzda tutilmagan bo'lsa, tibbiyot qutichasi oson olinadigan joyda o'rnatiladi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Yuk tirkamasida odam tashishga ruxsat etiladimi?

Faqat yukni kuzatib boruvchi shaxsga ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 26-bobi 159-bandining uchunchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: Traktorlar va boshqa o'ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida.

Bu savol haqida batafsil →