23

Bilet 23

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Kim «Yo'l harakati qatnashchisi» hisoblanadi?

Yo'lda bo'lgan va unda ish bajarmayotgan har qanday shaxs
Yo'l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxsTo'g'ri
Biror bir transport vositasini boshqarayotgan shaxs

Izoh: YHQ 1-bobi 6-bandining qirq to'qqizinchi xatboshisiga asosan: Yo'l harakati qatnashchisi — yo'l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs.

Bu savol haqida batafsil →
2

Avtomobil harakatining barcha ruxsat etilgan yo'nalishlari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

Savol 2
Faqat to'g'riga
Faqat o'ngga
Faqat chapga
Barcha yo'nalishlardaTo'g'ri
Chap va o'ngga

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'ʻlimining yettinchi xatboshisiga asosan: 3.5. «Mototsikl va elektromototsikllar harakatlanishi taqiqlangan».

Bu savol haqida batafsil →
3

Rasmda ko'rsatilgan holatda yo'lovchilarni tushirish uchun to'xtashga ruxsat etiladimi?

Savol 3
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 22-bobi 132-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga asosan: Agar 5.9 yo'l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo'nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki o'ng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Haydovchilardan qaysi biri to'xtashga majbur?

Savol 4
Har ikki haydovchi
Avtobus haydovchisi
Yengil avtomobil haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 17-bobi 109-bandiga asosan: Tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismini kesib o'tayotgan piyoda (lar)ni oʻtkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki to'xtashi shart.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi avtomobil chorrahadan oxirgi bo'lib o'tadi?

Savol 5
Ko'k
QizilTo'g'ri
Yashil

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Ko'rsatilgan avtomobillarning qaysi biri ag'darilishga qarshi turg'unroq?

Savol 6
Avtokran
Bo'sh yuk avtomobiliTo'g'ri
Ichida tik turgan yo'lovchilar bo'lgan avtobus

Izoh: Burilishlarda yo'lovchisi va yuki bo'lmagan avtomobillar ko'proq muvozanat saqlab qoladi, chunki bunday avtomobilda og'irlik markazi eng past joylashgan bo'lib, eng kam ag'darilish ehtimoliga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Haydovchi quyidagi holatda o'ng tomondan o'zib o'tishi mumkinmi?

Savol 7
HaTo'g'ri
Yo'q

Izoh: YHQ 12-bobi 83-bandiga asosan: Bir yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalarini har ikki tomonidan o'zib ketishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini o'zib ketish o'ng tomondan amalga oshiriladi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi lozim?

Savol 8
Yengil avtomobil haydovchisiTo'g'ri
Yuk avtomobil haydovchisi

Izoh: YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Boshqaruv qurilmasi nosoz mexanik transport vositasi shatakka olinishi kerak:

Qattiq ulagich bilan
Uni qisman ortish yoki qattiq ulagichda ulash usuli bilan
Qisman ortish usuli bilanTo'g'ri
Agar shatakka oluvchining haqiqiy vazni shatakka olinayotganning haqiqiy vaznidan ikki marta ko'p bo'lsa qattiq ulagichda

Izoh: YHQ 24-bobi 145-bandining birinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish yo'li bilan shatakka olish bundan mustasno).

Bu savol haqida batafsil →
10

12 yoshga etmagan bolalarni transport vositasining oldingi o'rindig'ida tashishga ruxsat etiladimi?

Faqat katta yoshdagi yo'lovchi hamroh bo'lganida ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilgan bo'lsa ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 26-bobi 159-bandiga asosan: Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida; transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo'ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno); Traktorlar va boshqa o'ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida; Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning konstruksiyasida ko'zda tutilgan joylardan tashqarida; 12 yoshga to'lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o'rindig'ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilmagan transport vositasining old o'rindig'ida; odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'zda tutilgan miqdordan ortiq bo'lganda. Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →