24

Bilet 24

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi rasmda piyodalar qoidani buzmay harakatlanmoqda?

Savol 1
Chapdagi rasmda
Ikkala rasmdaTo'g'ri
O'ngdagi rasmda

Izoh: YHQ 4-bobi 15-bandining birinchi va uchinchi xatboshilariga asosan: Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo'lkasidan, ular boʻlmaganda esa уо 1 yoqasidan yurishlari kerak. Qatnov qismining chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda yurishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Bu belgi nimani bildiradi?

Savol 2
Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning dastlabki ko'rsatkichiTo'g'ri
Qarama-qarshi yo'nalish bo'lagiga chiqishning boshlang'ich ko'rsatkichi
To'siqlarni aylanib o'tishning dastlabki ko'rsatkichi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 2-bo'limining o'ninchi xatboshisiga asosan: 2.6. «Ro'para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan unga yaqin bo'lgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qatnov qismidagi bunday yo'naltirgichlar nimani bildiradi?

Savol 3
Yo'lning xavfli burilishi yo'nalishini ko'rsatadi
Qatnov qismi torayishiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradiTo'g'ri
Haydovchini yo'lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-Bo'limining yigirma uchinchi xatboshisiga asosan: 1.19 — qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3 belgilari bilan qo'llanilishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
4

Quyidagilar poyezdni to'xtatish ishorasi bo'lib xizmat qiladi:

Qo'lni (kunduzi - bir parcha yorqin mato yoki aniq ko'rinadigan bir narsa bilan, tunda - mash'ala yoki chiroq bilan) gir aylantirishTo'g'ri
Qo'ldagi tayoqchani yoki qizil bayroqni boshidan yuqori ko'tarib turish
Oldinga uzatilgan qo'llarni yuqoriga va pastga tebratish
Qo'llarini oldinga uzatib turish

Izoh: YHQ 18-bobi 120-bandining beshinchi xatboshisiga asosan: To'xtash ishorasi qoʻlni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq ko'rinadigan biror narsa bilan, tunda esa mash'ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Savol 5
Qizil, ko'k, yashil avtomobillar
Ko'k, yashil, qizil avtomobillarTo'g'ri
Ko'k, qizil avtomobilni o'tkazib yuboradi, so'ng burilishni tugallaydi; yashil avtomobil
Yashil, qizil, ko'k avtomobillar

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Harakatda imtiyozga ega bo'ladi:

Savol 6
Qizil avtomobil, chunki o'zaro qayta tizilishda u o'ng tomonda bo'lgani uchunTo'g'ri
Ko'k avtomobil, chunki o'zaro qayta tizilishda u chap tomonda bo'ladi
Ko'k avtomobil, chunki qizil harakatlanish yo'nalishini chapga o'zgartiradi

Izoh: YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi o'ng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Birinchi bo'lib chorrahani kesib o'tadi:

Savol 7
Qizil avtomobil
Ko'k avtomobilTo'g'ri
Yashil avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi опддап kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
8

Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari yoki taksilarning to'xtab turish maydonchalaridan, ular boʻlmagan hollarda, to'xtash ko'rsatkichlaridan qanday masofada to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi?

25 m
5 m
10 m
15 mTo'g'ri
20 m

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining toʻqqizinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular bo'lmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada. (yo'nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to'xtash bundan mustasno).

Bu savol haqida batafsil →
9

Toliqish haydovchining diqqati va e'tiboriga qanday ta'sir qiladi?

Haydovchining diqqat va e'tibori pasayadiTo'g'ri
Haydovchining diqqat va e'tiboriga ta'sir qilmaydi
Haydovchining diqqat va e'tibori oshadi

Izoh: Toliqish haydovchining diqqati va e'tiboriga qanday ta'sir qiladi? Haydovchining diqqat va e'tiboriga ta'sir qilmaydi Toliqishning fiziologik mohiyati organizmning ish intensivligini kamaytirish yoki to'xtatish zarurligi hamda xabar berishdan iborat bo'lib, u charchash hissiyoti tarzida seziladi. Toliqish natijasida haydovchi favqulodda harakatlarga tayyorligini yoʻqotadi, ya'ni yoʻl transport hodisasi ehtimolini ko'payishiga olib keluvchi hushyorlik kamayishi yuzaga keladi. Psixologik nuqtai nazardan hushyorlik-bu markaziy nerv tizimining doimiy oʻzgaruvchan yo'l - transport holatlariga nisbatan zarur, 02 vaqtida hamda to'g'ri harakatlarni kechiktirmay amalga oshirish uchun tayyorlik darajasidir.

Bu savol haqida batafsil →
10

Velosiped yo'lkasi yo'l bilan kesishgan joylarda velosiped va moped haydovchilari qanday hollarda transport vositalariga yo'l berishlari kerak?

Ko'rsatilgan joyda velosiped va moped haydovchilari imtiyozga egadirlar
Transport vositasi o'ngdan yaqinlashib kelganda
Chorrahadan tashqarida tartibga solinmagan kesishmada barcha hollardaTo'g'ri

Izoh: YHQ 28-bobi 169-bandiga asosan: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo'lkasi bilan yo'l kesishmasida velosiped va individual harakatlanish vositalari yo'lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo'l berishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →