25

Bilet 25

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Jihozlangan bekatlari bo'lmagan tramvay to'xtash joylarida unga chiqish uchun qachon qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi?

Agar qatnov qismida transport vositalari yo'q bo'lsa, tramvay yaqinlashib kelganda
Tramvay yaqinlashib kelganda
Har qanday holda
Tramvay to'la to'xtagandan so'ngTo'g'ri

Izoh: YHQ 4-bobi 22-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Yo'nalishli transport vositalarini faqat qatnov qismidan baland joylashgan kutish maydonchalarida, ular boʻlmaganda esa, trotuar yoki yo'l yoqasida kutishlari kerak. Qatnov qismidan baland joylashgan maydonchalar bilan jihozlanmagan bekatlarda yo'nalishli transport vositalari to'la to'xtagandan soʻng unga chiqish uchun qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan qatnov qismini bo'shatishlari shart.

Bu savol haqida batafsil →
2

Bu belgi avtomobilning harakatlanishiga ruxsat etadi:

Savol 2
«Б» va «В»
«А» va «В»To'g'ri
Barcha yo'nalishlarga

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining yigirma beshinchi xatboshisiga asosan: 5.11.1. «Qayrilib olish joyi». Chapga burilish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Bu yotiq chiziqlardan qaysi biri belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarining to'xtash joyini bildiradi?

Savol 3
«Б»To'g'ri
«А» va «Б»
«А»
«В»
«Б» va «В»

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirma birinchi xatboshisiga asosan: 1.17 — yo'nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning toʻxtab turish joylarini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Savol 4
Avtobus haydovchisiTo'g'ri
Mototsikl haydovchisi

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:

Savol 5
Ko'k avtomobil
Qizil avtomobil
Yashil avtomobilTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Tumanga qarshi faralardan qaysi hollarda foydalanish mumkin?

Mexanik transport vositasini shatakka olganda
Sanab o'tilgan barcha hollardaTo'g'ri
Yetarli ko'rinmaydigan sharoitlarda

Izoh: YHQ 23-bobi 137-bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi chiroqlarni qoʻllash mumkin: yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan; qorongʻi vaqtda yo'lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga; mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida); ushbu Qoidalarning 138-bandida koʻzda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi chiroqlar o'rniga.

Bu savol haqida batafsil →
7

Yuk avtomobil haydovchisiga bu joyda to'xtashga ruxsat etiladimi?

Savol 7
Ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining oʻninchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

Bu savol haqida batafsil →
8

Ko'rsatilgan vaziyatda yengil avtomobil haydovchisiga quvib o'tish ruxsat etiladimi?

Savol 8
Ruxsat etilgan
TaqiqlanganTo'g'ri
Ruxsat etilgan, agar mototsiklning tezligi 40 km/ soatdan kam bo'lsa

Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan oʻrta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Yo'l quruq bo'lganda g'ildirak aylanmay, sirpanib tormozlanish tormoz yo'liga qanday ta'sir etadi?

Tormoz yo'li qisqaradi
Tormoz yo'li o'zgarmaydi
Tormoz yo'li ortadiTo'g'ri

Izoh: Tormoz yo'lining kamayishiga blokirovka chegarasida erishiladi, chunki blokirovka qilingan gʻildiraklar aylanmay (sirpanib toʻxtash) yo'lda sirpanadi va tormoz yo'lini uzaytiradi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Yonilg'i tizimi zich (germetik) emasligi ma'lum bo'lganda, haydovchi nimalarni bajarishi shart?

Nosozlikni bartaraf etish tadbirlarini ko'rishi, agar buning imkoni boʻlmasa, zarur ehtiyot choralariga rioya qilgan holda to'xtab turish yoki ta'mirlash joyiga olib borishTo'g'ri
Belgilangan safarni davom ettirish
Bundan keyingi harakatni to'xtatish

Izoh: YHQ 3-ilovasi 6-bo'limining 6.2-bandiga asosan: Yonilgʻi uzatish tizimi zich bo'lmasa foydalanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →