31

Bilet 31

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Ushbu belgilar amal qiladigan hududda «Nogiron» taniqlik belgisi bilan belgilangan avtomobilga to'xtashga ruxsat etiladimi?

Savol 1
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining o'ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 7.18. «Nogironlar mustasno». Belgilarning ta'siri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq «Nogiron» taniqlik belgisi o'rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi belgi yo'lning xavfli burilishiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?

Savol 2
5
4
3
1
2To'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-boʻlimining o'n oltinchi xatboshisiga asosan: 1.11.2. «Xavfli burilish». 1.11.2 — chapga yo'l belgisi yoʻlning kichik radiusli yoki ko'rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi yo'llardan harakatlanishga ruxsat etilgan?

Savol 3
«В»
«A»
«A» va «В»To'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limining o'ttiz yettinchi xatboshisiga asosan: 1.31.2. «Burilishning yoʻnalishi». Kichik radiusli, ko'rinishi cheklangan yo'lda harakatlanish yoʻnalishini va yoʻlning ta'mirlanayotgan qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Avtomagistralda boshqarishni o'rganish:

Boshqarishni o'rgatuvchi yo'riqchi bilan o'rganuvchida yetarli boshqarish malakasi bo'lganda 60 km/soatdan ortiq bo'lmagan tezlikda ruxsat etilgan
70 km/soatdan oshmagan tezlik bilan ruxsat berilgan
TaqiqlanganTo'g'ri
Agar o'rganilayotgan mexanik transport vositasida taniqlik belgilari qayd etilgan bo'lsa, ruxsat etilgan

Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandining oltinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasini o'rganish uchun boshqarish.

Bu savol haqida batafsil →
5

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Savol 5
Yashil; ko'k; qizil
Ko'k bilan yashil bir vaqtda; qizil
Ko'k; qizil; yashilTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
6

Mazkur shartda shatakka olishni amalga oshirishning yo'l qo'yilgan eng yuqori tezligi qanday?

Savol 6
50 km/sTo'g'ri
80 km/s
30 km/s
70 km/s

Izoh: YHQ 11-bobi 80-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo'llarda: mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Yo'l yoqasi mavjud bo'lganda haydovchi transport vositasini qayerda to'xtatishi kerak?

Qatnav qismining o'ng tasmasida
Yo'l chekkasida, yo'l yoqasidan 0,5 metr masofada
Yo'l yoqasi ustidaTo'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomoni yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda to'xtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Yengil avtomobil haydovchisi qanday qoidalarni buzdi?

Savol 8
To'xtash va to'xtab turish qoidalariniTo'g'ri
Faqat to'xtash qoidalarini

Izoh: YHQ 13-bobi 90-bandiga asosan: Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda uzoq vaqt toʻxtab turishga Faqat buning uchun ko'zda tutilgan maydonchalarda yoki yoʻldan tashqarida ruxsat etiladi. YHQ 13-bobi 91-bandining yettinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: loaqal bir yo'nalishdagi ko'rinish masofasi 100 metrdan kam boʻlgan yo'l do'ngliklari yaqinida.

Bu savol haqida batafsil →
9

N2; N3; 03; 04 toifadagi avtotransport vositalari shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi eng kamida qancha bo'lishi kerak?

3 mm
2 mm
0,5 mm
1 mmTo'g'ri
1,6 mm

Izoh: YHQ 3-ilovasi 5-bo'limi 5.1-bandiga asosan: Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2; N3; O3; O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa foydalanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Mexanik transport vositalari va uning tirkamalarining egalari texnik holatidan qat'i nazar, xarid qilgan (olgan) paytdan boshlab qancha muddat mobaynida DYHX xizmatida ro'yxatdan o'tkazishlari kerak?

30 kun
2 kun
10 kunTo'g'ri
15 kun
5 kun

Izoh: YHQ 29-bobi 174-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Mexanik transport vositalari va tirkamalar «Tranzit» ro'yxatlash belgisining amal qilish vaqti ichida yoki xarid qilingan, shuningdek bojxonada rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida DYHXXda ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →