30

Bilet 30

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Savol 1
Tez yordam avtomobilining haydovchisi
Yengil avtomobilning haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 6-bobi 25-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Ko'k yoki ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7 bob (38-bandidan tashqari), 9-16, 19-20 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega bo'lishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo'lishi shart. Ular o'zlariga yo'l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so'nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ushbu belgi qaysi transport vositalarini quvib o'tishni taqiqlaydi?

Savol 2
To'la vazni 3,5 tonnadan ko'p bo'lgan yuk avtomobillarni
Yengil avtomobillar, mototsikllar va to'la vazni 3,5 tonnadan kam bo'lgan yuk avtomobillarni
Hammasini
Hammasini, 40 km/soatdan kam tezlikda yakka harakat qilayotganlardan tashqariTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma toʻrtinchi xatboshisiga asosan: 3.20. «Quvib oʻtish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Bu yo'l chizig'i nimani bildiradi?

Savol 3
Qatnov qismining torayishiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganiniTo'g'ri
Yakka 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakat qiluvchi ikki g'ildirakli mototsikllar, velosipedchilardan tashqari barcha transport vositalarini quvib o'tishni taqiqlovchi hududni
Faqat belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari harakati uchun mo'ljallangan qatnov qismining bo'lagini

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirma uchinchi xatboshisiga asosan: 1.19 — qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3 belgilari bilan qo'llanilishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
4

Chorrahani uchinchi bo'lib kesib o'tadi:

Savol 4
Sariq avtomobil
Yashil avtomobilTo'g'ri
Ko'k avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
5

Ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 5
Avtomobil va mototsikl haydovchisiga
Tramvay va avtomobil haydovchisigaTo'g'ri
Avtomobil haydovchisiga

Izoh: YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma’noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta’sir etadi. Agar tegishli yo'l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma’noni bildiradi. Svetoforning qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi

Bu savol haqida batafsil →
6

Qanday holda markazdan qochirma kuch burilishda kamayadi?

Savol 6
Burilish radiusi kamayganda
Boshqaruv rulini burilish tomonga keskin burganda
Harakat tezligi pasaygandaTo'g'ri

Izoh: Burilishda o'tayotgan vaqtda haydovchi shuni inobatga olishi lozimki, avtomobil harakati tezligi kattalashganida markazdan qochirma kuch ortadi va transport vositasini agʻdarilishiga olib kelishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
7

Kim yo'l berishi kerak?

Savol 7
Yengil avtomobil haydovchisi
Yuk avtomobil haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 21-bobi 128-bandga asosan: Yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to'siq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
8

Ushbu joyda yengil avtomobilning to'xtab turishiga ruxsat etilganmi?

Savol 8
TaqiqlanganTo'g'ri
Berilgan

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining o'ttiz ikkinchi xatboshisiga asosan: 3.28. «To'xtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Burilishda harakat qilganda avtopoyezdning tirkamasi siljiydimi?

Siljimaydi
Burilish markaziga siljiydiTo'g'ri
Burilish markazidan boshqa tomonga siljiydi

Izoh: Avtopoezd bilan bir vaqtda burilishni oʻtayotganda ushbu transport vositasigacha boʻlgan yon oraliq masofasini ko'paytirishingiz lozim, chunki avtopoezd (tirkama) ning orqa g'ʻildiraklari burilish markazi tomon siljiydi va avtopoezd harakat bo'lagi kattalashadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Ta'qiqlovchi belgi tagiga o'rnatilgan qo'shimcha axborot belgisi nima maqsadda qo'yilgan?

Savol 10
Taqiqlovchi belgi amal qilish hududini aniqlash uchun
Belgidan uning amal qilish hududigacha bo'lgan oraliqni aniqlash uchunTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.1.1. «Ob'ektgacha boʻlgan masofa». Belgidan yo'lning xavfli joyi, yoʻl harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo'nalishi bo'yicha oldindagi muayyan joygacha boʻlgan masofani ko'rsatadi.

Bu savol haqida batafsil →