32

Bilet 32

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Quruq yo'lda darhol to'xtash uchun nima qilish lozim?

Uzatmani almashtirish va tormoz pedalini keskin bosish
Ulagichni ajratish, shundan keyin darhol tormoz pedalini bosish
Tormoz pedalini ulagichni ajratmasdan bosishTo'g'ri

Izoh: Keskin tormoz berish – bu birdan paydo bo'lgan yoki kech koʻrib qolingan to'siqqa kelib urilishining oldini olish uchun katta intensivlik (jadallik) bilan tormoz berish tushuniladi. Shu bois, masalan yosh bolaning yoʻlda birdan paydo bo'lish ehtimolini inobatga olgan holda haydovchi keskin tormoz berish vaqtida o'zini qanday tuta olishini bilishi lozim. Bunda quyidagi usullar mavjud: rul chambaragini ikki qo'lingiz bilan mahkam ushlang, avtomobil g'ildiraklarini blokirovka qilman chunki g'ildiraklarning uzunasiga sirpanishi tormoz yo'lini qisqartirmaydi; harakatda toʻxtab turish tormozini qo'llamang, chunki bu hol orqa g'ildiraklarning sirpanishini kuchaytirishi mumkin. Tormoz tepkisini qattiq (shiddat bilan emas) va ravon, shinaning yoʻlga nisbatan ilashishiga qarab, kuchaytirish bosish lozim. Keskin tormoz berish vaqtida ham avtomobil ustidan nazoratni yo'qotmang.

Bu savol haqida batafsil →
2

Bu belgi nimani bildiradi?

Savol 2
Shaharlararo yuk tashuvchi yuk avtomobillarining harakat yo'nalishini
To'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobilining majburiy harakat yo'nalishini
Yuk avtomobillari, traktorlar, o'ziyurar mashinalar uchun, agar chorrahada yo'nalishlardan birida harakatlanish taqiqlangan bo'lsa, tavsiya etiladigan harakat yo'nalishiniTo'g'ri
Faqat yuk avtomobillari uchun harakat yo'nalishini

Izoh: YHQ 1-ilovasining 5-bo'limidagi 5.30.2 «Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo'nalishi» belgisiga asosan, yuk avtomobillari haydovchilariga eng qulay yo'lni ko'rsatadi va shu yo'l bo'yicha harakatlanishni tavsiya etadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ushbu yo'l belgisi oldinda nima borligidan ogohlantiradi:

Savol 3
Ko'prik yoki solda kechimi bo'lmagan suv to'siqli yo'l qismi borligidan
Suv to'siqli yo'l qismida ko'tarma ko'prik borligidan
Yo'l anhor yoqasiga yoki biror-bir suv havzasining qirg'og'iga chiqiladigan joyi borligidanTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'ʻlimining oʻn beshinchi xatboshisiga asosan: 1.10. «Sohilga chiqish». Daryo yoki suv havzasi qirg'og'iga chiqishni bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Savol 4
Qizil chorrahaga kiradi va ko'k avtomobilni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi va ayni vaqtda yashil avtomobil chorrahani kesib o'tadi; ko'k; qizil burilishni tugallaydiTo'g'ri
Qizil, ko'k, yashil
Ko'k, yashil, qizil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Chorrahadan uchinchi bo'lib kim o'tadi?

Savol 5
Ko'k avtomobilTo'g'ri
Yashil avtomobil
Qizil avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Yengil avtomobil haydovchilarining qaysi biri aholi punktlarida harakatlanish qoidalarini buzmoqda?

Savol 6
Faqat «Б» avtomobil haydovchisi
Ikkalasi ham buzmayaptiTo'g'ri
Ikkalasi ham buzmoqda

Izoh: YHQ 10-bobi 67-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlarida Qoidalarning 69, 123, 161 bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda haydovchilar o'zlariga qulay bo'lgan harakatlanish bo'lagidan foydalanishlari mumkin. Biroq, bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo'laklar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Haydovchi harakat tezligini tanlashda nimani hisobga olishi kerak?

Yo'l va ob-havo sharoitini
Barcha sanab o'tilgan omillarniTo'g'ri
Harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati va holatini

Izoh: YHQ 11-bobi 77-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yoʻl va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yo'nalishidagi ko'rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
8

Ushbu joyda to'xtab turishga ruxsat etiladimi?

Savol 8
TaqiqlanadiTo'g'ri
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-Bo'limining qirq uchinchi xatboshisiga asosan: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta’siri belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo'lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta’siri qiladi. Yondosh hududlardan yo'lga chiqish joylarida yoki yo'lning dala, o'rmon yo'llari va boshqa doimiy harakatlanish, o'tib ketish uchun mo'ljallanmagan yo'llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, bu belgilarning ta’siri yo'qolmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Haydovchi avtopoyezd harakatining eng keng bo'lagini aniqlashda nimani hisobga olishi kerak?

Kengligi bo'yicha transport vositasining o'lchamlarini, shuningdek, tirkamaning chayqalishini hamda uning burilish markaziga siljishiniTo'g'ri
Faqat kengligi bo'yicha avtopoyezdning o'lchamlarini

Izoh: Yakka avtomobil boshqarishning barcha uslublari avtopoezd uchun qo'llanilishi mumkin, biroq uning katta vazni va gabaritlari (tashqi oʻlchami) bois bir qator xossalar bor. Avtopoezd - bu bitta yarim tirkama yoxud bir yoki bir necha tirkamali shatakchi transport vositasidir. Harakat vaqtida tirkama doim shatakchi avtomobilning harakat yo'lidan chetga siljib turadi va quvib oʻtish hamda qarama-qarshi yo'nalishdagi harakat uchun xavf-xatar tug'diradi. Avtopoezdning manyovr qilishi yakka avtomobilga nisbatan yomonroq. Burilish vaqtida avtopoezd burilish markazi tomon siljiyda va avtopoez harakat bo'lagi kengayishini haydovchi inobatga olishi lozim.

Bu savol haqida batafsil →
10

Yengil avtomobillarning oldingi o'rindig'ida bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?

12 yosh va undan katta bo'lgan bolalarni tashishga ruxsat etiladiTo'g'ri
Katta yoshli yo'lovchi bo'lganda yoshidan qat'i nazar ruxsat etiladi
7 yoshdan kichiq bo'lmagan bolalarni tashishga ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 26-bobi 159-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga to'lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o'rindig'ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilmagan transport vositasining old o'rindig'ida;

Bu savol haqida batafsil →