Kunning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitlarda yo'lda qoldirilgan yo'l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va hokazolar bildirilishi kerak:
Izoh: YHQ 29-bobi 182-bandiga asosan: Yo'llarda ta'mirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joyda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga majbur. Bunday joylar, shuningdek yo'ldan tashqariga olib chiqish imkoniyati bo'lmagan ish bajarmayotgan yo'l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga o'xshashlar tegishli yoʻl belgilari, yo'naltiruvchi va to'suvchi moslamalar bilan, sutkaning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa, qo'shimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak. Ta'mirlash ishlari tugagandan soʻng transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta'minlangan bo'lishi kerak.





