43

Bilet 43

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Bu joyda quvib o'tishga ruxsat etilganmi?

Savol 1
TaqiqlanadiTo'g'ri
Quvib o'tilayotgan transport vositasi 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanganda ruxsat etiladi
Agar quvib o'tish temir yo'l kesishmasigacha tugasa, ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 12-bobi 86-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi belgi kesishadigan yo'l bo'ylab harakat qilayotgan transport vositalariga yo'l berish majburiyatini yuklaydi?

Savol 2
2
1
4To'g'ri
5
3

Izoh: YHQ 1-ilovasi 2-bo'limining yettinchi xatboshisiga asosan: 2.4. «Yo'l bering!». Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, 7.13 qoʻ'shimcha-axborot belgisi bo'lganda esa asosiy yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
3

Transport vositasining haydovchisi oldida «To'xtash chizig'i» chizilgan va svetoforning yashil yoritgichi yoniq bo'lgan chorrahaga yaqinlashayotib nima qilishi kerak?

«To'xtash chizig'i»da to'xtashi, so'ng esa harakatni qayta tiklashi
To'xtamasdan chorraha orqali harakatni davom ettirishiTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oʻn to'rtinchi xatboshisiga asosan: 1.12 (to'xtash chizig'i) — 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi to'xtash kerak bo'lgan joyni koʻrsatadi. Izoh: Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari va yo'l chiziqlari talablariga 219 kelgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qaysi transport vositasi haydovchisi yo'l berishi kerak?

Savol 4
Mototsikl haydovchisiTo'g'ri
Avtomobil haydovchisi

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Bunday vaziyatda haydovchi nima qilishi kerak?

Savol 5
Oldindan yaqinni yorituvchi fara chiroqlarini yoqib va uzluksiz tovush ishorasini berib, eng kam tezlik bilan turgan transport vositasini aylanib o'tishi
Qatnov qismidan o'tayotgan bolalarga yo'l berishiTo'g'ri
Bu yo'l qismidan o'tishi kerak, chunki bolalar qatnov qismini piyodalar o'tish joyidan kesib o'tmayaptilar

Izoh: YHQ 17-bobi 115-bandiga asosan: «Bolalar guruhini tashish» taniqlik belgisi o'rnatilgan transport vositasi toʻxtaganda unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur bo'lsa, to'xtashi va bolalar guruhini oʻtkazib yuborishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi transport vositasining haydovchisi aylanma harakatli kesishmaga to'g'ri kiradi?

Savol 6
Ikkala haydovchiTo'g'ri
Faqat yengil avtomobil haydovchisi
Faqat avtobus haydovchisi

Izoh: YHQ 9-bobi 56-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, o'ngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yoʻnalishda harakatlanishi moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart.

Bu savol haqida batafsil →
7

Avtobus haydovchisiga yo'lovchilarni tushirish uchun to'xtashga ruxsat etiladimi?

Savol 7
TaqiqlanadiTo'g'ri
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: to'xtagan transport vositasi bilan sidirg'a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi boʻlak yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo'lgan joylarda.

Bu savol haqida batafsil →
8

Siz quvib o'tish uchun chiqdingiz va bexosdan ro'paradan kelayotgan avtomobilni ko'rib qoldingiz. Agar Siz quvib o'tishni tugallay olishingizga ishonchingiz bo'lmasa, Siz:

Tovush xabarini berib va faralarni yoqib quvib o'tishni tugallaguncha davom ettirishingiz kerak
Tezlikni asta ko'paytirishingiz va quvib o'tishni tezroq tugallashingiz kerak
Tezlikni kamaytirishingiz va ilgari egallagan qatorga qaytishingiz kerakTo'g'ri

Izoh: YHQ 12-bobi 82-bandiga asosan: Quvib o'tishni boshlashdan oldin haydovchi chapga burilishni bildiruvchi ishorasini yoqib: o'zi o'tmoqchi bo'lgan harakatlanish bo'lagi quvib o'tish uchun yetarlicha masofada bo'sh ekanligiga, quvib o'tish jarayonida harakatlanishga xavf tug'dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga; shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tishni boshlamaganligiga; oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga; quvib o'tishni tugallayotganda quvib o'tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib o'ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
9

Manyovr vaqtida haydovchi har doim ogohlantiruvchi ishora berishi kerakmi?

Faqat serqatnov harakatli yo'lda
Faqat uning transport vositasi burilishni ko'rsatuvchi chiroqlar bilan jihozlangan bo'lsa
Faqat uning orqasida boshqa transport vositasi harakatlanayotgan bo'lsa
Faqat u harakatning boshqa ishtirokchilarini chalg'itmagan hollardaTo'g'ri

Izoh: YHQ 8-bobi 46-bandining birinchi va ikkinchi xatboshlariga asosan: Burilish ko'rsatgichi yoki 4011 bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol to'xtatilishi kerak (qo'l bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin). Ishoralar boshqa yo'l harakati qatnashchilarini chalg'itmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
10

Ishlamayotgan boshqaruv ruli bilan to'xtab turish yoki ta'mirlash joyiga borishga ruxsat etiladimi?

TaqiqlanadiTo'g'ri
Qattiq ulagichda shatakka olinganda ruxsat etiladi
Harakat xavfsizligini ta'minlovchi tezlikda ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 2-bobi 12-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoezd tarkibida) nosoz boʻlgan, qorong'i vaqtda yoki yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda — old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari bo'lmagan yoki yonmayotgan, yomg'ir, qor yogʻayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish.

Bu savol haqida batafsil →