Sanab o'tilgan hollarning qaysi birida haydovchi o'zining transport vositasini ichki ishlar xodimi ixtiyoriga berishi shart?
Izoh: YHQ 2-bob 11-bandi Transport vositasining haydovchisi quyidagilarga majburdir: z) quyidagi hollarda foydalanish uchun transport vositasini berishi shart: IIO, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va o'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan xollarda kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun, shuningdek, yo'l-transport hodisasi tufayli shikastlangan yoki nosoz transport vositalarini olib ketish (shatakka olish) uchun (faqat yuk avtomobilidan); yo'lakay yo'nalishda kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga hamda zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun. Xorijiy davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga hamda xalqaro tashkilotlarga tegishli transport vositalari, shuningdek yong'in uchirish, konvoy, inkassator xizmatlarining transport vositalaridan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Transport vositasidan foydalangan shaxs haydovchi talab qilganda yo'l varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib o'tilgan masofani, o'z ismi-familiyasi, mansabi, ish joyi nomini, yo'l varaqasi bo'lmagan taqdirda, belgilangan tartibda ma’lumot yoki xabar yozib berishi kerak. Transport vositalarini tekshirish yoki undan foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxslar haydovchining talabiga muvofiq o'z xizmat guvohnomasini ko'rsatishi shart. Xizmat vaqtida haydovchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uning talabiga ko'ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tiklab beriladi.




