❓ YHQ Savoli

Qaysi hollarda velosipedchilarga qatnov qismining o'ng chekkasidan chiqishga yo'l qo'yiladi?

Ruxsat etilgan hollarda chapga burilish yoki qayrilib olish uchun
Yuk ortib ketayotganda
Ikkala sanab o'tilgan hollarda

Izoh: YHQ 28-bobi 166-bandi: Velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo'lning chetki o'ng bo'lagida imkoni boricha o'ng tomonidan bir qator bo'lib harakatlanishiga yo'l qo'yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo'l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi. Yo'lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, individual harakatlanish vositalari, aravalar jamlanmasi, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar to'dasi yo'l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan hamda ularni quvib o'tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo'linishi kerak. Izoh: qatnov qismining chap bo'lagiga faqat chapga burilish va qayrilib olish uchun o'tishga ruxsat etiladi.