49

Bilet 49

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Bu yerda avtomobil to'xtashiga ruxsat berilganmi?

Savol 1
Ruxsat berilganTo'g'ri
Oyning juft kunlarida taqiqlangan
Taqiqlangan, chunki uzuq-uzuq yotiq chiziq bilan to'xtab turgan va avtomobil orasidagi masofa 3 metrdan kam

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining o'ttiz ikkinchi xatboshisiga asosan: 3.28. «To'xtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 1-bobi 6-bandining yigirma yettinchi xatboshisiga asosan: To'xtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo'lgan muddatga to'xtatish (harakatsiz holatga keltirish).

Bu savol haqida batafsil →
2

Bu belgi qaysi transport vositalariga tegishli emas?

Savol 2
Belgi ta'sirida joylashgan korxonalarga xizmat etayotgan transport vositasigaTo'g'ri
Traktorlar va o'zi yurar avtomobillarga
Avtobuslar va mikroavtobuslarga

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining uchinchi va o'ttiz sakkizinchi xatboshlariga asosan: 3.2. «Harakatlanish taqiqlangan». Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi. 3.2 belgisi belgilangan zonada joylashgan korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli boʻlgan transport vositalariga ta'sir qilmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi transport vositalari yo'lovchilarni tushirish uchun noto'g'ri to'xtagan?

Savol 3
Ko'k avtomobil
Har ikki avtomobil
Qizil avtomobilTo'g'ri
Mototsikl

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yo'l belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi to'siq ustidan chiziladi. YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi: bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig'i bilan belgilangan, ular bo'lmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo'nalishi bo'ylab (etmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo'nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to'xtash bundan mustasno).

Bu savol haqida batafsil →
4

Bu yo'l belgisi nimani bildiradi?

Savol 4
Shlagbaum bilan jihozlanmagan ikki va undan ko'p izli temir yo'l kesishmasiniTo'g'ri
Shlagbaum bilan jihozlangan bir izli temir yo'l kesishmasini
Shlagbaum bilan jihozlanmangan bir izli temir yo'l kesishmasini

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limining oltinchi va yettinchi xatboshlariga asosan: 1.3.2. «Ko'p izli temir yoʻl». 1.3.2. — ikki va undan ortiq izli temir yoʻl belgisi shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yoʻl kesishmasi oldida o'rnatiladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Harakatlanish taqiqlangan:

Savol 5
Ko'k avtomobilga - chapgaTo'g'ri
Qizil avtomobilga to'g'riga va o'ngga
Ko'k avtomobilga - to'g'riga, qizil avtomobilga - to'g'riga va o'ngga

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: Qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, rel’ssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi. Qo'lini yuqoriga ko'targanda: ushbu Qoidalarning 42-bandida ko'rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi; tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo'lgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko'rinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorug'lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo'llashi mumkin. Shuningdek, tartibga soluvchi o'z faoliyatini maxsus moslama (tumba) ustida turib olib borishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
6

Sekinlashish bo'lagi bo'lgan yo'lda qaysi transport vositasi undan chiqish qoidasini buzdi?

Savol 6
Har ikki transport vositasi to'g'ri burilyapti
Har ikki transport vositasi
Sariq avtomobilTo'g'ri

Izoh: YHQ 9-bobi 57-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: O'ngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak. YHQ 9-bobi 61-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Sekinlashish bo'lagi bor bo'lgan yo'lda burilmoqchi bo'lgan haydovchi o'z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Ko'rsatilgan belgilardan qaysi biri avtomagistrallarga o'rnatiladi?

Savol 7
3To'g'ri
1
2
5
4

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining qirq yettinchi xatboshisiga asosan: 5.29.1. «Yo'l raqami». 5.29.1 — yo'lga berilgan raqamni bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Haydovchining o'zi aniqlay oladigan harakatlanish uchun to'sqinlik yoki xavf tug'ilganda qanday choralar ko'rishi kerak?

Davlat YHX xizmatining eng yaqin mahkamasiga yoki ichki ishlar idorasiga kelishi va paydo bo'lgan to'sqinliklar yoki xavf-xatar to'g'risida xabar berishi
Tezlikni transport vositasi to'xtagunicha kamaytirishi yoki to'siqni aylanib o'tishning boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz choralarni ko'rishiTo'g'ri
Xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda tezlikni kamaytirishi va xavfli yo'l qismidan o'tishi
Sodir bo'lgan hodisa haqida Ichki ishlarga xabar berishi

Izoh: YHQ 11-bobi 77-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Harakatlanish vaqtida haydovchi aniqlay olishi imkoniyatidagi xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini u to'la toʻxtashni ta'minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to'siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug'dirmagan holda aylanib o'tish choralarini ko'rishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Jabrlanuvchining yurak faoliyati yoki nafas olishi to'xtaganda, unga qanday ketma-ketlikda birinchi yordam ko'rsatish zarur?

Yurakni massaj qilish, nafas yo'llarini bo'shatish, sun'iy nafas oldirish
Nafas yo'llarini bo'shatish, sun'iy nafas oldirish va yurakni ustidan massaj qilishTo'g'ri
Sun'iy nafas oldirish, yurakni ustidan massaj qilish, nafas yo'llarini bo'shatish

Izoh: O'pkaning sun'iy ventilyasiyasi samarali boʻlishi uchun nafas olish yo'llariga havoning erkin o'tishini ta'minlash zarur. Og'iz bo'shlig'i shilliq qon, qusuq va boshqa jismlardan xoli ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. To'qimalarga kislorod kelishi va qon aylanishini ta'minlash uchun орКада kislorod kelishini kuchaytirish bilan birga yurak urish faoliyatini qayta tiklashga darhol kirishish lozim.

Bu savol haqida batafsil →
10

Sanab o'tilgan shartlardan qay birida avtomobillar va avtopoyezdlardan foydalanish taqiqlanadi?

Tormoz tizimining samaradorligi qoida talablariga javob beradi
To'xtab turish tormoz tizimi harakatsiz holatda to'la vazndagi transport vositalarini 16 foizidan kam bo'lmagan qiyalikda ushlab tura olganda
Gidravlik tormoz tizimining zichligi buzilgandaTo'g'ri

Izoh: YHQ 3-ilovasi 1-boʻlimining 1.3-bandiga asosan: 1.3. Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan bo'lsa.

Bu savol haqida batafsil →