51

Bilet 51

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Belgilangan yo'nalishli transport vositalariga qaysilar kiradi?

Avtobus va yo'nalishli taksilar
Belgilangan yo'nalish bo'yicha harakatlanadigan avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilarTo'g'ri
Tramvay va trolleybuslar

Izoh: YHQ 1-bobi 6-bandining o'n to'rtinchi xatboshiga asosan: Yo'nalishli transport vositasi — belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yo'lovchi tashish uchun mo'ljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo'nalishli taksi).

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi belgi chapga burilishga ruxsat beradi?

Savol 2
5
1
3To'g'ri
2
4

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma uchinchi xatboshisiga asosan: 3.19. «Qayrilish taqiqlangan». Izoh. 3.19. — belgisi qaysi kesishmaga o'rnatilsa faqat shu kesishmaga ta'luqli bo'lib, chapga burilishni taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Bu belgi o'rnatilgan yo'lda avtobuslarga harakatlanish ruxsat etiladimi?

Savol 3
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladiTo'g'ri
Faqat ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq, bo'lmagan avtomobilga ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining to'rtinchi xatboshisiga asosan: 5.3. «Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l». Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsiklar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun mo'ljallangan yo'lni bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Chorrahani oxirgi bo'lib kesib o'tadi:

Savol 4
Qizil avtomobil
Ko'k avtomobilTo'g'ri
Yashil avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi transport vositalariga harakatlanish ruxsat etiladi?

Savol 5
Yashil, qizil va oq avtomobilga
Sariq va qizil avtomobilgaTo'g'ri
Oq va yashil avtomobilga

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga bo'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Yo'lovchilarni tushirish uchun qaysi transport vositalari to'g'ri to'xtadi?

Savol 6
Yengil avtomobilTo'g'ri
Avtobus
Mototsikl
Barcha transport vositalari

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.

Bu savol haqida batafsil →
7

Bunday yo'l belgisi bilan belgilangan yo'l qismlarida ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarining qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Savol 7
70 km/s
60 km/s
80 km/sTo'g'ri
90 km/s
100 km/s

Izoh: YHQ 11-bobi 79-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan.

Bu savol haqida batafsil →
8

Ko'k avtomobil haydovchisi nima qilishi kerak?

Savol 8
Sariq avtomobilga u orqadan kelayotgani uchun yo'l bermay, mo'ljallangan yo'nalishda chorrahani kesib o'tishi
Tezlikni kamaytirishi, sariq, avtomobilga quvib o'tishni tugallashiga imkon berishi, so'ng esa chapga burilishiTo'g'ri
Qarama-qarshi harakat bo'lagiga darhol qayta tizilishi

Izoh: YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
9

«Gazel» yuk avtomobilining yuk bilan balandligi yo'l sathiidan 3,8 metr bo'lsa, uni tashish mumkinmi?

Ruxsat beriladi, faqat yo'nalishlarda osma ko'priklar, osma yo'llar (estakada) bo'lmasa
Ruxsat berilmaydi
Ruxsat beriladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 27-bobi 164-bandining birinchi xatboshisiga asosan: O'ta og'ir, katta o'lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, tirkama uchun — 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan, tirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
10

Agar pnevmatik uzatmaning zichligi buzilib, kompressor ishlamay turganda boshqaruv asboblarining erkin holatida havo bosimining 30 daqiqada qancha MPa-ga pasayishiga sabab bo'lsa, tormoz tizimi nosoz hisoblanadi?

0,05To'g'ri
0,025
0,055
0,035
0,06

Izoh: YHQ 3-ilovasi 1-boʻlimining 1.4-bandiga asosan: 1.4. Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda — 30 daqiqada, ulanganida — 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MP dan ko'pga pasayishiga sabab bo'lsa. oʻ'ildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqayotgan bo'lsa.

Bu savol haqida batafsil →