❓ YHQ Savoli

«Gazel» yuk avtomobilining yuk bilan balandligi yo'l sathiidan 3,8 metr bo'lsa, uni tashish mumkinmi?

Ruxsat beriladi, faqat yo'nalishlarda osma ko'priklar, osma yo'llar (estakada) bo'lmasa
Ruxsat berilmaydi
Ruxsat beriladi

Izoh: YHQ 27-bobi 164-bandining birinchi xatboshisiga asosan: O'ta og'ir, katta o'lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, tirkama uchun — 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan, tirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.