52

Bilet 52

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Avtomobil harakatlanayotganda kutilmaganda shinasi yorilib ketsa, haydovchi nima qilishi zarur?

Avtomobilni to'xtab turish tormozi yordamida to'xtatish
Ishchi tormoz bilan to'la to'xtaguncha keskin tormozlash
Rulni ushlab turish, to'g'ri chiziqda harakatni saqlash, tezlikni kamaytirish va to'xtatishTo'g'ri

Izoh: Shinalarning birida bosimning kamayishi uning aylanishiga qarama-qarshiligini kuchaytiradi va koʻndalang qattiqligini kamaytiradi. Shuning uchun bosimi bo'lmagan shina bilan avtomobil yon tomonga og'adi. Boshqarishni saqlab qolish uchun haydovchi rul chambaragini ushlab turib, tezligini pasaytirishi va to'xtatish lozim.

Bu savol haqida batafsil →
2

Belgilardan qaysi biri bevosita yo'lning xavfli qismi oldiga o'rnatiladi?

Savol 2
1
2
5To'g'ri
4
3

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limining yettinchi xatboshisiga asosan: 1.3.1. — bir izli temir yoʻl, belgisi shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Bu yo'l belgisi bilan belgilangan yo'l qismida yengil avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

Savol 3
Ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining to'qqizinchi xatboshisiga asosan: 3.7. «Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi». Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:

Savol 4
1- va 2-tramvaylar ayni vaqtda yashil avtomobil bilan; qizil; koʻk avtomobil
1-tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan; qizil avtomobil; 2-tramvay va ko'k avtomobil bir vaqtdaTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'lda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Transport vositalariga qaysi yo'nalish bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 5
Tramvayga chapga yoki to'g'riga
Tramvayga chapga, avtomobilga chapga va qayrilib olishgaTo'g'ri
Tramvay va avtomobilga chapga
Faqat avtomobilga chapga
Tramvayga chapga yoki to'g'riga, avtomobilga tramvaydan so'ng

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi avtomobil haydovchisiga to'xtashga ruxsat etilgan?

Savol 6
Yengil avtomobilning haydovchisiga
Yuk avtomobilning haydovchisiga, agar bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchta va undan ko'p tasma bo'lsaTo'g'ri
Yuk avtomobilning haydovchisiga
Har ikki haydovchiga

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida; ko'prik, yo'l o'tkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan to'xtab turish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno).

Bu savol haqida batafsil →
7

Qayrilib olish taqiqlanadi:

Chorrahalarda va ularga 15 metrdan yaqinroqda
Chorrahalar oldiga 15 metrdan yaqinroqda
Yo'lning loaqal bir yo'nalishida 100 metrdan kamroq, qismi ko'rinadigan aholi punktlaridan tashqarida
Loaqal bir yo'nalishda yo'lning 100 metrdan kamroq qismi ko'ringandaTo'g'ri

Izoh: YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: yo'lning ko'rinishi biror-bir yo'nalishda 100 metrdan kam bo'lgan joylarda.

Bu savol haqida batafsil →
8

Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining chap boʻlagiga chiqishga qachon ruxsat etiladi?

Quvib o'tishda, o'zib ketishda yoki aylanib o'tishda
Sanab o'tilgan barcha hollardaTo'g'ri
Burilish yoki qayrilib olish oldidan qayta tizilishda

Izoh: YHQ 10-bobi 68-bandiga asosan: Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki texnik sabablarga ko'ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib oʻtish, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yoʻlning chap tomonida to'xtashdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng qatorida harakatlanishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Kim o'quv yurtlarida boshqarishni o'rgatish huquqiga ega?

Haydashni o'rgatish huquqini beruvchi xujjatlari bo'lgan haydashni o'rgatuvchi yo'riqchiTo'g'ri
3 yillik ishlagan davri bo'lgan haydovchi
5 yil haydovchilik ishlagan davriga ega bo'lgan 1 va 2-toifa haydovchilar
Tajribali haydovchi

Izoh: YHQ 25-bobi 148-bandiga asosan: Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish boʻyicha amaliy mashg'ulotlar instruktori boshqarishni o'rgatish huquqini beruvchi hujjatga, shuningdek tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
10

Yuk transport vositasining oʻlchamlaridan chiqib tursa, kunning qorong'i vaqtida va yetarli ko'rinmaydigan sharoitda qanday belgilanadi?

Oldi oq rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich bilanTo'g'ri
Orqasiga qizil, oldiga oq bayroqchalar bilan
Ishora taxtachalari yoki bayroqchalar (diagonal bo'yicha navbatma-navbat tortilgan qizil va oq yo'lli) bilan

Izoh: YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o'lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qorong'i vaqtda va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa bunga qo'shimcha ravishda old oq chiroq yoki yorug'lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug'lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →