53

Bilet 53

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Ruxsat etilgan to'liq vazn nima?

Jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo'lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o'lchovi)To'g'ri
Transport vositasining yuk ko'tarishi
Transport vositisida tashiladigan yukning ishlab chiqargan korxona yo'l qo'ygan texnik tavsifnomasi sifatida belgilanadigan vazni
Transport vositasining haqiqiy vazni

Izoh: YHQ 1-bobi 6-bandiga asosan: Ruxsat etilgan to'liq vazn — jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo'lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o'lchovi). Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va boshqalar) transport vositalarining ruxsat etilgan to'liq vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan to'liq vaznlari yig'indisi kiradi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Bu belgida harakatlanish ruxsat etiladi:

Savol 2
Faqat avtomobil haydovchisiga
Faqat avtomobil va mototsikl haydovchilariga
Faqat avtomobil va avtobus haydovchilariga
Barcha transport vositalarining haydovchilarigaTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 4-bo'limining oʻn to'rtinchi xatboshisiga asosan: 4.4. «Engil avtomobillar harakati». yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yo'nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi. Belgining ta'sir oraligʻida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
3

Avtomagistralda qatnov qismining chetini bildiruvchi sidirg'a oq chiziqni bosib o'tishga ruxsat etiladimi?

Savol 3
Ruxsat etiladiTo'g'ri
Taqiqlanadi
Agar avtomagistralda harakatlanish serqatnov bo'lsa, taqiqlanadi

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining to'rtinchi va o'ttiz beshinchi xatboshlariga asosan: 1.2 (enli sidirgʻa chiziq) — avtomagistrallarda harakatlanish qismi chegarasini bildiradi; 1.2 chiziqlarini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
4

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Savol 4
Yashil avtomobil ayni vaqtda 2-tramvay bilan, 1 tramvay, ko'k, sariq, qizil avtomobillar
1- va 2- tramvaylar ayni vaqtda sariq avtomobil bilan, yashil, ko'k, qizil avtomobillarTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'lda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Harakatlanishga ruxsat etilgan barcha transport vositalari qaysi javobda ko'rsatilgan?

Savol 5
Avtomobillar va mototsikl
Barcha transport vositalariTo'g'ri
Tramvay va mototsikl
Tramvay, yuk avtomobili va mototsikl

Izoh: YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yoʻnalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo'l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Qo'shimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Aholi punktlarida ma'lum harakat tezligiga rioya etayotgan yirik oʻlchamli transport vositasining haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?

Savol 6
Harakatni davom ettirishi kerakTo'g'ri
To'xtashi va orqasida to'planib qolgan transport vositalarini o'tkazib yuborishi

Izoh: YHQ 12-bobi 87-bandiga asosan: Aholi punktlaridan tashqaridagi yo'llarda sekin harakatlanadigan yoki katta hajmli transport vositasini quvib oʻtish qiyin boʻlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yo'lning oʻng tomoniga olishi, zarur boʻlganda esa orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini o'tkazib yuborish uchun to'xtashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Mazkur vaziyatda quvib o'tishga ruxsat etilganmi?

Savol 7
Barcha hollarda ruxsat etilgan
TaqiqlanganTo'g'ri
40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanayotgan faqat yakka transport vositalariga ruxsat etilgan

Izoh: YHQ 12-bobi 86-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda.

Bu savol haqida batafsil →
8

Siz chapga burilishga yoki qayrilib olishga qaror qildingiz. Orqani ko'rsatadigan ko'zguga qarab bildingizki, ortingizdagi haydovchi Sizni quvib o'tmoqchi. Sizning bundan keyingi harakatingiz?

Burilishning chap koʻrsatkichini yoqish va qatnov qismida qulay joylashib olishdan foydalanib, manyovr qilishga kirishish
Sizning ortingizdan kelayotgan haydovchi Sizni quvib o'tib ketgandan so'nggina burilishning chap ko'rsatkichini yoqishTo'g'ri
Burilishning chap koʻrsatkichini yoqish, o'zini quvib o'tishga imkon berishi va so'ng manyovr qilishga kirishish

Izoh: YHQ 12-bobi 84-bandiga asosan: Quvib o'tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib oʻtishga to'sqinlik qilish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
9

O'ng va chap g'ildiraklarining shinalari turlicha siyqalangan avtomobilda tormoz berish, qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Tormoz barabanlarining qizib ketishiga
Avtomobilning ag'darilib ketishi mumkin darajada sirpanib ketishigaTo'g'ri
Naqsh izlarining ko'chib ketishiga

Izoh: Bir оqdа o'rnatilgan (chap va oʻng) shinalar naqshining ustki shakli va uning yoyilganlik darajasi barcha hollarda bir xil bo'lishi lozim, chunki bu hol tormozlanayotganda avtomobilning muvozanatini ta'minlovchi shartlardan biri hisoblanadi. Ushbu tartib inbatga olinmasatormozlanish vaqtida har xil tormoz kuchlari yuzaga kelib, muozanatni yoʻqotishga olib keluvchi hollarni vujudga keltiradi. Avtomobilning yeyilgan shina naqshi tomoni oldinga intilib, aks tomoni orqada qoladi. Bu holda avtomobil bir tomonga siljib, maqbul boʻlmagan sharoitlarda muvozanatini yoʻqotib, ag'darilishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
10

Yo'lovchi tashishga mo'ljallanmagan yuk avtomobilida yukni kuzatib boruvchi yoki qabul qilib oluvchi shaxslarning tashilishiga ruxsat beriladimi?

Taqiqlanadi
Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay o'rindiq bo'lsa ruxsat beriladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 26-bobi 154-bandiga asosan: Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo'lishiga yo'l qo'yiladi, bunda ular bortlardan pastda joylashgan o'rindiqlar bilan ta'minlanishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →