54

Bilet 54

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Quvib o'tish nima?

Egallagan harakatlanish bo'lagidan chiqib oldinda ketayotgan transport vositasidan o'zib ketish.
Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, so'ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bog'liq bo'lgan o'zib ketish.To'g'ri
Kam tezlik bilan qo'shni qatorda harakatlanayotgan bir yoki bir qancha transport vositalaridan o'zib ketish.

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: Quvib oʻtish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bogʻliq bo'lgan o'zib ketish.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi belgi yo'lning bir tomonlamali harakatlanish yo'l qismini ko'rsatadi?

Savol 2
2
1
3To'g'ri
5
4

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 5.5. «Bir tomonlama harakatli yoʻl». Transport vositalari butun kenglik bo'yicha bir yo'nalishda harakatlanadigan yoʻl yoki qatnov qismini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Haydovchi, agar uning transport vositasi 40 km/soatga teng yoki undan ortiq tezlik bilan balandlikka chiqa olmasa, nima chora ko'rishi kerak?

Savol 3
Asosiy tasma bo'yicha, agar unda boshqa transport vositalari yo'q bo'lsa, harakatlanishni davom ettirishi
Qo'shimcha tasmaga qayta tizilishiTo'g'ri
Agar balandlikning davomliligi 30 metrdan oshmasa, asosiy tasma bo'yicha harakatlanishni davom ettirishi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bobi: 5.8.3. bandi: «Tasmaning boshlanishi». Yo'lning sekinlashish boʻlagi yoki balandlikka ko'tarilishdagi qoʻshimcha tasmaning boshlanish qismi. Agar belgiga 4.7 «Eng kam tezlik» belgisining tasviri tushgan bo'lsa, koʻrsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy tasmadan qo'shimcha tasmaga qayta tizilishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
4

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Savol 4
Yashil; ko'k ayni vaqtda qizil; soʻng sariqTo'g'ri
Ko'k ayni vaqtda qizil bilan; yashil; sariq
Sariq chorrahaga chiqadi va yashilni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi; yashil, ko'k ayni vaqtda qizil bilan; sariq

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat'iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi rasmda haydovchi o'ngga to'g'ri burilyapti?

Savol 5
1To'g'ri
2

Izoh: YHQ 7-bobi 32-bandi: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Svetoforning qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi transport vositasining haydovchisi to'xtash qoidasini buzdi?

Savol 6
Faqat mototsikl haydovchisiTo'g'ri
Faqat avtomobil haydovchisi
Har ikkisi buzdi
Hech kim buzmadi

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandi Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi: Bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari toʻxtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi boʻylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo'nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun toʻxtash bundan mustasno).

Bu savol haqida batafsil →
7

Qizil avtomobil haydovchisiga tramvay yo'li bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Savol 7
Ruxsat etiladiTo'g'ri
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 10-bobi 69-bandi: Bir yoʻnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo'lidan, shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o'tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay yo'lidan harakatlanish taqiqlanadi. Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo'l belgilari oʻrnatilgan bo'lsa, chorrahadan o'tishda tramvay yo'llaridan harakatlanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Chiziqlar bilan tasmalarga ajratilgan yo'lning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishi qanday amalga oshirilishi kerak?

Qat'iy tasmalar bo'yicha, uzuq-uzuq chiziqni kesib o'tishga faqat qayta tizilishda ruxsat etiladiTo'g'ri
Agar qatnov qismi transport vositalaridan xoli bo'lsa, tasma boʻyicha qat'iy emas
Agar qatnov qismida tirkamali avtomobillar bo'lmasa va bunda ancha tor harakat oralig'ini saqlash mumkin bo'lsa, tasmalar bo'yicha qat'iy emas
Agar transport vositalarining o'lchamlari eniga katta bo'lmasa, tasma bo'yicha qat'iy emas

Izoh: YHQ 10-bobi 70-bandi: Agar qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Boldir suyagi o'rtasidan singanda transportda tashish uchun taxtakach yoki uning o'rnini o'tovchi narsa qanday qo'yiladi?

Singan joyga qo'yiladigan shina yoki uning o'rnini bosuvchi narsani siqib bog'lash kerak
Shinani ikki tomondan butun boldir uzunligida tovondan to tizza bo'g'inigacha qo'yish kerak
Tovon tagidan to son oʻrtasigacha oyoqning ichki va tashqi tomonidan ikkita shina qo'yish kerak. Singan joyni, tizza va boldir-oyoq kafti bo'g'inlarini qimirlatmaslik lozimTo'g'ri

Izoh: Suyak siniqlarining bir-biriga nisbatan qo'zg'almasligini ta'minlash uchun boldirni ikki taxtakach orasida mahkamlab boldir-tovon bo'g'im va tizza bo'g'inining harakatini chegaralash lozim.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qanday shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

Sanab o'tilgan barcha hollardaTo'g'ri
Yoritish asboblari o'rnida mazkur yoritish asboblarining turiga mos kelmaydigan lampalardan foydalanilganda
Faralar yoritishi buzilgan bo'lsa
Tashqi yoritish asboblari va yorug'lik qaytargichlar ifloslanganda

Izoh: YHQ 3-ilovasi 3-bo'limining 3.2, 3.3. va 3.4-bandlariga asosan: 3.2. Yorituvchi chiroq nurining yo'nalishi buzilgan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi. 3.3. Agar tashqi yoritqichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo'lsa foydalanish taqiqlanadi. 3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi boʻlmasa yoxud tegishli yorug'lik asboblari turiga mos boʻlmagan nur sochuvchi va lampalardan foydalanilgan bo'lsa foydalanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →