55

Bilet 55

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Mazkur belgi nima haqida axborot beradi?

Savol 1
Trolleybus yoki avtobus to'xtash joylarini bildiradiTo'g'ri
Marshrutdan boshqa barcha transport vositalariga yo'lning o'ng qatori bo'yicha harakatlanishni taqiqlaydi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining yigirma yettinchi xatboshisiga asosan: 5.12. «Avtobus va (yoki) trolleybus to'xtash joyi».

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi belgi shlagbaumli temir yo'l kesishmasiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi?

Savol 2
5
3
1
4To'g'ri
2

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-boʻlimining ikkininchi xatboshisiga asosan: 1.1. «Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi».

Bu savol haqida batafsil →
3

Bu belgida yuk avtomobillaridan qaysi biriga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi?

Savol 3
Furgon-yukxonada mahsulotlar tashiydigan avtomobillarga
«Aloqa» yozuvi bo'lgan avtomobillarga
Yukxonasida odamlar bo'lgan maxsus moslashtirilgan yuk avtomobillargaTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 3.4 yo'l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo'ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Zanjirli bo'lgan qishloq xoʻjalik, yo'l qurilishi va boshqa mexanik transport vositalariga temir yo'l kesishmasidan o'tishga ruxsat etiladimi?

Agar temir yo'l boshlig'ining ruxsati bo'lsa, ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Mexanik transport vositalariga yuklab olib o'tish ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandining to'qqizinchi xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: kesishma orqali qishloq xo'jaligi, yo'l qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni olib o'tish. Izoh: temir yoʻl kesishmasi orqali zanjirli bo'lgan qishloq xo'jaligi, yo'l qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni, mexanik transport vositasiga yuklab olib o'tishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Harakatlanish qaysi yo'nalishda ruxsat etilgan?

Savol 5
O'ngga birinchi va ikkinchi yo'nalishga
O'ngga birinchi yoʻnalishgaTo'g'ri
O'ngga ikkinchi yo'nalishga
To'g'riga va o'ngga birinchi yo'nalishga

Izoh: YHQ 7-bobi 32-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Yo'naltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Chorrahani oxiri kesib o'tadi:

Savol 6
Ko'k avtomobil
Qizil avtomobil
Yashil avtomobilTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel’ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
7

Bu yo'l belgisi:

Savol 7
Ikki g'ildirakli kajavasiz mototsikllardan tashqari hamma mexanik transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi
G'ildirakli traktorlardan tashqari hamma transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi
Traktorlar va o'zi yurar mashinalarning harakatlanishi taqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.6. «Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan». Traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:

Savol 8
Tramvay, qizil, so'ngra ko'k avtomobil
Ko'k avtomobil, tramvay, qizil avtomobilTo'g'ri
Tramvay, ko'k avtomobil chorrahaga chiqadi, qizilga yo'l beradi, so'ngra burilishni tugallaydi

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Egiluvchan ulagichda shatakka olganda transport vositalari orasidagi masofa qanday bo'lishi kerak?

2-4 m
3-6 m
4-6 mTo'g'ri
4-8 m
1-3 m

Izoh: YHQ 24-bobi 144-bandiga asosan: Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o'rtasidagi masofa 4 — 6 metr oraligʻida bo'lishi, qattiq ulagich yordamida shatakka olishda esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak. Egiluvchan ulagich ushbu Qoidalarning 177-bandi talablariga muvofiq belgilanishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qanday nosozlik bo'lganda, transport vositalarining harakatlanishni davom ettirishi taqiqlanadi?

Sanab o'tilgan barcha hollardaTo'g'ri
Yomg'ir yoki qor yog'ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamasa
Transport vositalarining tuzilishida ko'zda tutilgan oyna yuvgichlari ishlamasa
Tashqi yoritish asboblari va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamasa yoki ifloslangan

Izoh: YHQ 3 ilova: 3.3. Agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo'lsa. 4.1. Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan bo'lsa. 4.2. Transport vositasining konstruksiyasida ko'zda tutilgan oyna yuvgich ishlamayotgan bo'lsa.

Bu savol haqida batafsil →