❓ YHQ Savoli

Egiluvchan ulagichda shatakka olganda transport vositalari orasidagi masofa qanday bo'lishi kerak?

2-4 m
3-6 m
4-6 m
4-8 m
1-3 m

Izoh: YHQ 24-bobi 144-bandiga asosan: Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o'rtasidagi masofa 4 — 6 metr oraligʻida bo'lishi, qattiq ulagich yordamida shatakka olishda esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak. Egiluvchan ulagich ushbu Qoidalarning 177-bandi talablariga muvofiq belgilanishi kerak.