57

Bilet 57

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi yo'l asosiy yo'l hisoblanadi?

Har bir yo'nalishda harakatlanish uchun bir tasmali yo'lga nisbatan ko'p tasmali qatnov qismi bo'lgan yo'l
Uch tomonlama chorrahada tutashib kelgan yo'lga nisbatan har ikki tomonga davom etuvchi yo'l
Tuproqli yoki shag'alli yo'lga nisbatan qoplamali yo'l yoki tegishli belgilar bilan belgilangan yo'lTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-bobi 6-bandining sakkizinchi xatboshisiga asosan: Asosiy yoʻl — tuproqli yoki shag'alli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi qo'shimcha axborot belgisi transport vositalarini to'xtab turish joyiga qo'yish usulini ko'rsatadi?

Savol 2
3To'g'ri
2
4
5
1

Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining oʻn to'qqizinchi xatboshisiga asosan: 7.6.2. «Transport vositasini toʻxtab turish joyiga qo'yish usuli».

Bu savol haqida batafsil →
3

Yotiq uzluksiz sariq chiziq «To'xtash taqiqlangan» belgisi bilan birga to'xtashga ruxsat etadi:

Savol 3
Avtobuslarga, trolleybuslarga va taksi avtomobillariga
Faqat belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarigaTo'g'ri
Avtobuslarga va trolleybuslarga
Yo'lovchilarni tushiradigan barcha transport vositalariga

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yo'l belgisi bilan qo'llaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi. YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining oʻttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yo'nalishli transport vositalariga ta'sir qilmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Sekin yurar transport vositalarining temir yo'l kesishmasi orqali harakatlanishiga faqat temir yo'l distansiyasi boshlig'ining ruxsati bilan harakat tezligi quyidagidan kam bo'lganda yo'l qo'yiladi:

10 km/s
5 km/s
30 km/s
3 km/s
8 km/sTo'g'ri

Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandining oʻninchi xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: temir yo'l distansiyasi boshligʻining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarini harakatlanishi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qizil avtomobil haydovchisi:

Savol 5
Yo'l berishi kerakTo'g'ri
Birinchi bo'lib harakatlanishga ustunlikka ega

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan: Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yo'ʻnaltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Bu belgi bilan belgilangan yo'l qismlarida ajratuvchi bo'lakning uzilish joyida qayrilib olishga ruxsat etiladimi?

Savol 6
Ruxsat etiladi
Faqat to'la vazni 3,5 tonnagacha bo'lgan transport vositalariga ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: ajratuvchi bo'lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish.

Bu savol haqida batafsil →
7

Transport vositalarining trotuar va piyodalar yo'lkasi bo'ylab harakatlanishiga yoʻl qo'yiladimi?

Trotuarda turgan boshqa transport vositasini aylanib o'tish uchun yo'l qo'yiladi
Yo'l qo'yilmaydi, chunki bu piyodalarning hayotini xavf ostiga qo'yishi mumkin
Bevosita shu trotuar yoki yo'lkalarda joylashgan savdo yoki boshqa korxonalarga xizmat ko'rsatishda yo'l qo'yiladiTo'g'ri
Yo'l qo'yiladi, agar bu piyodalarning harakatiga halal bermasa

Izoh: YHQ 10-bobi 72-bandiga asosan: Qoidalarning 88, 166-bandlarida ko'zda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining ajratuvchi mintaqalar, yo'l yoqalari, trotuarlar, piyodalar yo'lkalarida, velosiped yo'lkalari, velosipedchilar uchun tasmalar, piyodalar va velosipedchilarning birga va alohida harakatlanadigan yo'laklarda mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yo'ldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, bevosita yo'l yoqalari, trotuarlar yoki piyodalar yo'lkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati bo'lmagan transport vositalariga yaqin yo'ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakatlanish xavfsizligi ta’minlangan bo'lishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
8

Bunday yo'l belgisi bilan belgilangan yo'l qismlarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarning qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Savol 8
70 km/s
80 km/s
50 km/s
90 km/sTo'g'ri
60 km/s

Izoh: YHQ 11-Bob 79-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat beriladi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Mototsikllarni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

Yon kajavasi bo'lmagan mototsikllarni shatakka olishga ruxsat etiladi
Tekis joylarda ruxsat etiladi
Yon kajavali mototsikllarni shatakka olishga ruxsat etiladiTo'g'ri
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 24-bobi 145-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek bunday mototsikllarni.

Bu savol haqida batafsil →
10

Ushbu yo'l belgisi bildiradi:

Savol 10
Yo'lning ko'rsatilgan yo'nalishda oxiri berkliginiTo'g'ri
Aholi punktlaridagi manzil tomon harakatlanish yo'nalishini
Balandlikda yoki tezlanish tasmasida qo'shimcha tasmaning tugaganini

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining o'ttiz oltinchi xatboshisiga asosan: 5.19.1. «Oxiri berk yo'l». Yo'lning ko'rsatilgan yo'nalishda oxiri berkligini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →