Izoh: YHQ 10-bobi 72-bandiga asosan: Qoidalarning 88, 166-bandlarida ko'zda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining ajratuvchi mintaqalar, yo'l yoqalari, trotuarlar, piyodalar yo'lkalarida, velosiped yo'lkalari, velosipedchilar uchun tasmalar, piyodalar va velosipedchilarning birga va alohida harakatlanadigan yo'laklarda mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yo'ldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, bevosita yo'l yoqalari, trotuarlar yoki piyodalar yo'lkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati bo'lmagan transport vositalariga yaqin yo'ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakatlanish xavfsizligi ta’minlangan bo'lishi shart.
❓ YHQ Savoli