58

Bilet 58

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Shatakka olingan yengil avtomobilda yoʻlovchilarni tashish mumkinmi?

Taqiqlanadi
Egiluvchi va qattiq ulagichda ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 24-bobi 143-bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Quyidagi belgi ostidagi qo'shimcha axborot belgisi haydovchiga nima haqida xabar beradi?

Savol 2
To'xtab turish paytida yurgizgichni o'chirish taqiqlanadi
Yurgizgichni o'chirish sharti bilan to'xtab turishTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining yigirmanchi xatboshisiga asosan: 7.7. «Dvigatelni ishlatmasdan toʻxtab turish joyi». 5.15 belgisi bilan belgilangan toʻxtab turish joyida transport vositalarining dvigatelini ishlatmasdan toʻxtab turishiga ruxsat etilganligini koʻrsatadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Mazkur yotiq chiziq nimani anglatadi?

Savol 3
Reversiv harakatlanish bo'lagining chegarasiniTo'g'ri
Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari harakatlanadigan bo'lakni
Maxsus avtomobillar harakatlanadigan bo'lakni

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-Bo'limining o'n birinchi xatboshisiga asosan: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo'laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo'llarda (reversiv svetofori o'chirilgan holatda) qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimini ajratadi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Chorrahani ikkinchi bo'lib kim kesib o'tadi?

Savol 4
Qizil avtomobil ayni vaqtda ko'k bilanTo'g'ri
Sariq avtomobil
Yashil avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
5

Chorrahani birinchi bo'lib kesib o'tadi:

Savol 5
Qizil avtomobil
Yashil avtomobilTo'g'ri
Ko'k avtomobil

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan: Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yo'ʻnaltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Temir yo'l kesishmasidan o'tishda haydovchi nimaga amal qilishi kerak?

Barcha sanab o'tilgan talablargaTo'g'ri
Shlagbaumning holatiga va svetofor ishorasiga
Yo'l belgilari va chiziqlariga
Temir yo'l kesishmasi navbatchisining ko'rsatmalari va ishoralariga

Izoh: YHQ 18-bobi 117-bandiga asosan: Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yo'l belgilari va chiziqlariga, svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga amal qilishi, yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
7

Haydovchi quvib o'tishni boshlashdan oldin nimaga ishonch hosil qilishi kerak?

Shu tasma bo'yicha oldinda harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganigaTo'g'ri
U chiqishga mo'ljallagan yo'l qismi 1000 metr masofada bo'sh ekaniga
Quvib o'tayotgan transport vositasi haydovchisidan ancha tezroq harakatlanishiga

Izoh: YHQ 12-bobi 82-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, haydovchi quvib o'tishni boshlashdan oldin: oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
8

Uzunasiga ketgan sidirg'a chizig'i bilan to'xtagan transport vositalari o'rtasidagi masofa quyidagidan kam bo'lgan joylarda transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanadi:

4,0 m
6,0 m
5,0 m
2,0 m
3,0 mTo'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: toʻxtagan transport vositasi bilan sidirg'a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo'lgan joylarda.

Bu savol haqida batafsil →
9

Benzin bug'idan zaharlanishning alomatlari qanday?

Mastga o'xshab harakatlanadi, bosh aylanadi, og'riydi, ko'ngil ayniydi, qayt qiladi, mushaklari tortishadi, nafas olish sekinlashadiTo'g'ri
Ko'z o'ngi qorong'ilashadi, bosh aylanadi, muvozanat yo'qoladi, yiqiladi. Tomir urishi sekinlashadi. Oyoq-qo'l soviydi

Izoh: Etillangan benzin (tetraetilqo'rg'oshin qo'shilgan benzin)ning birdan katta miqdori havoga ajralishidan oʻtkir zaharlanish kelib chiqadi va unda ko'ngil aynish, qusish, holsizlanish, bosh aylanishi, ishtahaning yoʻqolishi hollari yuzaga keladi. Og'izda metal ta'mi, tilda yot jizm sezilishi kabilar o'ziga xos belgilaridan biridir. Ogʻir holatlarda asabiylashish, chayqalib yurish, alohsirash, ko'rish va eshitishga oid gallyusinatsiyalar va tomir tortishlar kuzatiladi. Etillanmagan benzindan ham zaharlanish mumkin. Shu kabi zaharlanishning alomatlari etillangan benzindan zaharlanishni eslatadi, biroq yengilroq tarzda o'tadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Yuk avtomobilining yukxonasida 8 nafardan ko'p odamlarni tashish qaysi haydovchilarga ruxsat beriladi?

«C» toifadagi transport vositasini boshqarish huquqi guvohnomasi bo'lib, shu avtomobilda uch yillik ish davriga ega bo'lgan haydovchilarga
«D» va «C» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilargaTo'g'ri

Izoh: YHQ 26-bobi 152-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish «S» toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan, odamlar soni kabinadagi yo'lovchilarni ham qoʻshib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo'lganda esa, «S» va «D» toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan va shu toifaga taalluqli transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Harbiy haydovchilarga yuk avtomobillarida odam tashishga ruxsat berish O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bu savol haqida batafsil →