60

Bilet 60

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qora avtomobil chorrahani nechanchi bo'lib kesib o'tadi?

Savol 1
Oxirgi
IkkinchiTo'g'ri
Birinchi

Izoh: YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan: Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
2

Harakat qaysi yo'nalishda ruxsat etilgan?

Savol 2
To'g'ri va o'ngga
Faqat to'g'riga
Barcha yo'nalishlarga
To'g'riga, o'ngga va chapgaTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 5.5. «Bir tomonlama harakatli yoʻl». Transport vositalari butun kenglik bo'yicha bir yo'nalishda harakatlanadigan yoʻl yoki qatnov qismini bildiradi. Izoh: 5.5. «Bir tomonlama harakatli yoʻl» bilgisida qayrilib olish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Bu belgida qaysi avtomobilga harakatlanishga ruxsat etilgan?

Savol 3
Haqiqiy vazni 12 t bo'lgan uch o'qli yuk avtomobiligaTo'g'ri
Haqiqiy vazni 12 t bo'lgan ikki o'qli yuk avtomobiliga

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining oʻn to'rtinchi xatboshisiga asosan: 3.12. «O'qqa tushadigan og'irlik cheklangan». Birorta o'qiga tushadigan haqiqiy og'irligi belgida ko'rsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Chorrahani ikkinchi bo'lib kim kesib o'tadi?

Savol 4
Ko'k avtomobilTo'g'ri
Yashil avtomobil
Qizil avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
5

Svetoforning qizil va sariq ishoralaridagi qora yo'naltirgichlar nima haqda axborot beradi?

Savol 5
Svetoforning yashil ishorasi yoqilganda harakatlanishning ruxsat etilgan yo'nalishlari haqidaTo'g'ri
Svetoforning qizil va sariq ishoralarida harakatlanishning ruxsat etilgan yo'nalishlari haqida

Izoh: YHQ 7-bobi 32-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega boʻladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Yuk avtomobili kuzovida yo'lovchilar tashishda ularning soni qanday belgilanadi?

Jihozlangan o'rindiqlarning soni bilanTo'g'ri
Haydovchining qarori bilan
Tashishning zarurligi bilan
Ma'muriyatning ko'rsatmasi bilan

Izoh: YHQ 5-bobi 24-bandiga asosan: Yo'lovchilarga: harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o'tirish; Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak. YHQ 26-bobi 159-bandiga asosan: odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'zda tutilgan miqdordan ortiq bo'lganda. YHQ 26-bobi 154-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida, shuningdek shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki tog'li yoʻnalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy tashishda tashilayotgan odamlar soni o'tirish uchun jihozlangan o'rindiqlar sonidan oshmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Qaysi avtomobilning haydovchisi to'xtab turish qoidalarini buzmadi?

Savol 7
Sariq
Hech kim buzmadi
Qizil
Har ikkisi buzganTo'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);

Bu savol haqida batafsil →
8

Avtobuslarda bolalar guruhini tashkiliy ravishda tashishda qanday hollarda kunning yorug' vaqtida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqib qo'yilishi kerak?

Tashish amalga oshirilayotgan barcha hollardaTo'g'ri
Faqat harakat serqatnov bo'lganda
Faqat ko'rinish yetarli boʻlmagan sharoitlarda
Haydovchining xohishiga ko'ra

Izoh: YHQ 23-bobi 138-bandi 3-xatboshiga muvofiq, kunning yorug' vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi faralar yoqilishi kerak: avtobusda bolalar guruhini tashkiliy tashishda.

Bu savol haqida batafsil →
9

Qishda boldirga qon to'xtatadigan jgutni qancha muddatga qo'yish mumkin?

1 soatdan ko'p bo'lmaganTo'g'ri
2 soatdan ko'p bo'lmagan
3 soatdan ko'p bo'lmagan

Izoh: Qon to'xtatish jguti yilning sovuq fasllarida bir soatdan ortiq bo'lmagan vaqtga qo'yiladi. Jgut qo'yilishi barcha quyi joylashgan to'qimalarda qon aylanishini toʻxtatish bilan bogʻliq. Qon aylanishini uzoqroq vaqtga toʻxtatish qoʻl yoki oyoqda qon tomirlari yo'nalishi boʻyicha jgutdan quyiroq qismda halokatli oʻzgarishlarga olib keladi.

Bu savol haqida batafsil →
10

M2; M3 toifadagi avtotransport vositalarining shina protektori naqshlarining balandligi quyidagilardan kam bo'lmasligi kerak:

2,0 mmTo'g'ri
0,8 mm
1,0 mm
2,5 mm
1,6 mm

Izoh: YHQ 3-ilovasi 5-Bo'limi 5.1-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo'lsa foydalanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →