Piyodalarga yo'lni piyodalar o'tish joyidan tashqarida kesib o'tishga ruxsat etiladimi?
Izoh: YHQ 4-bobi 17-bandi: Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti o'tish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yoʻl yoqasi bo'ylab kesib o'tishlari kerak. Piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yoʻllardan yo'lning ikki tomoni yaxshi koʻrinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.





