68

Bilet 68

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Piyodalar qatnov qismining chetidan qanday yurishlari kerak?

Qatnov qismining chetidan transport vositalarining harakatiga qarama-qarshiTo'g'ri
Qatnov qismining chetidan transport vositalarining harakati bo'ylab
Har qanday yo'nalishda

Izoh: YHQ 4-bobi 15-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Qatnov qismining chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda yurishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Bu belgilar nimani bildiradi?

Savol 2
Motokajavalardan tashqari transport vositalari uchun 30 metrli hududdagi to'xtab turish joyini
«Nogiron» taniqlik belgisi bo'lgan motokajava va avtomobillar uchun 30 metrli hududdagi to'xtab turish joyiniTo'g'ri
«Nogiron» taniqlik belgisi bo'lgan avtomobillar uchun 30 metrdan keyin to'xtab turish joyiga kelishini

Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining beshinchi va o'ttizinchi xatboshlariga asosan: 7.2.1. «Ta'sir oraligʻi». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko'rsatkich belgilarining ta'sir o'ralig'ini koʻrsatadi. 7.17. «Nogironlar». 5.15 belgisi bilan qo'llaniladi. To'xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq «Nogiron» taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini koʻrsatadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ko'rsatilgan belgilardan qaysi biri orqaga harakatlanishni taqiqlaydi?

Savol 3
2
4
5
3
1To'g'ri

Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: orqaga harakatlanish.

Bu savol haqida batafsil →
4

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:

Savol 4
Qizil chorrahaga chiqadi va koʻkni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi; yashil; koʻk, va qizil burilishni tugallaydiTo'g'ri
Yashil; ko'k; qizil
Qizil; ko'k; yashil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

O'tish navbati qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

Savol 5
Avtobus, yuk avtomobili, mototsikl
Mototsikl, avtobus, yuk avtomobiliTo'g'ri
Avtobus, mototsikl, yuk avtomobili

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Yengil avtomobilning oldingi o'rindig'ida bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilmagan bo'lsa, ularni tashish qaysi yoshdan ruxsat etiladi?

5 yosh
12 yoshTo'g'ri
8 yosh
6 yosh
10 yosh

Izoh: YHQ 26-bobi 159-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga to'lmagan bolalarni mototsiklning orqa o'rindig'ida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilmagan transport vositasining old o'rindig'ida.

Bu savol haqida batafsil →
7

Agar haydovchi transport vositasining eshigini ochishga va undan chiqishga qaror qilsa, unga nima taqiqlanadi?

Turgan transport vositasining eshigini ochish, agar bu harakatlanishning boshqa ishtirokchilariga halaqit bersa va xavf tug'dirsa taqiqlanadiTo'g'ri
Harakatlanish serqatnov bo'lgan yo'llarda turgan transport vositasining eshigini ochish taqiqlanadi
Harakatlanish serqatnov bo'lgan yo'llarda haydovchi eshigini ochish taqiqlanadi. O'z joyidan yo'lovchi eshigi orqali chiqadi

Izoh: YHQ 13-bobi 94-bandiga asosan: Agar boshqa yo'l harakati qatnashchilarining harakatiga xalaqit beradigan bo'lsa yoki xavf tug'dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Sanab o'tilgan qaysi joylarda transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanadi?

Barcha ko'rsatilgan joylardaTo'g'ri
Tramvay yo'llariga bevosita yaqinroqda, agar bu tramvaylarning harakatiga to'sqinlik qilsa
Tramvay yo'llarida
Piyodalar o'tish joylarida

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining birinchi va oʻninchi xatboshlariga asosan, quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: tramvay yoʻllarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan boʻlsa. transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda. piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda;

Bu savol haqida batafsil →
9

Tik uzun qiyaliklarda ajratilgan uzatma bilan avtomobilni uzoq tormozlashning qanday xavfi bor?

Shinalarning shikastlanishi ortadi
Ulagich qismlarining shikastlanishi ortadi
Tormoz qiziydi va ishdan chiqadiTo'g'ri

Izoh: Tik nishablikda uzatma va ilashish mexanizmini ajratgan holatda uzoq tormoz berish xavfi tormoz mexanizmlarining qizib ketishi, tormozlanish samarasining kamayishi va uning ishdan chiqishidadir.

Bu savol haqida batafsil →
10

Bolalarni tashishda transport vositasi qaysi taniqlik belgisi bilan belgilanadi?

Savol 10
1
2
3To'g'ri

Izoh: YHQ 29-bobi 176-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: «Bolalar guruhini tashish» — bolalar guruhini tashkiliy tashishda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yoʻl belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi, tomonlari teng bo'lgan toʻrtburchak (kvadrat) ko'rinishidagi belgi. To'rtburchakning tomonlari 250 — 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi to'rtburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →