
Izoh: YHQ 29-bobi 176-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: «Bolalar guruhini tashish» — bolalar guruhini tashkiliy tashishda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yoʻl belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi, tomonlari teng bo'lgan toʻrtburchak (kvadrat) ko'rinishidagi belgi. To'rtburchakning tomonlari 250 — 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi to'rtburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.