Trotuar yoki piyodalar yo'lkasi bo'lmaganda, piyodalar velosiped yo'lkasi bo'ylab harakat qila oladilarmi?
Izoh: YHQ 4-bobi 15-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Trotuar, piyodalar yo'lkasi, yo'l yoqasi boʻlmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati boʻlmagan hollarda piyodalar velosiped yo'lkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi boʻlagi bor yoʻllarda qatnov qismining tashqi chetidan) bir qator bo'lib yurishlari mumkin.




