73

Bilet 73

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Ko'rsatilgan belgilardan qaysi biri yo'lning ko'rinish masofasi cheklangan joylarida majburan to'xtagan transport vositalarini belgilash uchun qo'llaniladi?

Savol 1
«Б»
«A»To'g'ri
«В»

Izoh: YHQ 8-bobi 51-bandi: Transport vositasi to'satdan to'xtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug'lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to'xtash belgisini darhol o'rnatish kerak. Avariya sababli to'xtash belgisi quyidagi hollarda qo'llaniladi: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda va ko'rinishi cheklangan joylarda majburiy to'xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida o'z vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada o'rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo'lmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ushbu ko'rsatilgan vaziyatda Sizga hovliga orqa bilan kirib qayrilib olishga ruxsat beriladimi?

Savol 2
Ruxsat beriladi
Ruxsat beriladi agarda bunda harakatning boshqa ishtirokchilariga halaqit berilmasaTo'g'ri
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 9-bobi 63-bandi: Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashi va boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tug'ilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak. Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin boʻlmagan joylarda taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Agar avtomobil antiblokirovkali (ABS) tormoz tizimi bilan jihozlangan bo'lsa keskin tormoz berishni qanday amalga oshirishi kerak?

To'xtab turish tormozi tizimini qo'llash yo'li bilan
Tormoz tepkisini uzib-uzib bosish yo'li bilan
Tormoz tepkisini oxirigacha bosish va avtomobilni to'liq to'xtaguncha tepkini qo'yib yubormaslikTo'g'ri

Izoh: Agar transport vositasi antiblokirovkali (ABS) tormoz tizimi bilan jihozlangan bo'lsa, shinaning qatnov qismi qoplamasi bilan tishlashishini shu tizim nazorat qiladi. Shuning uchun favqulodda tormozlash paytida tormoz pedalini oxirigacha bosib turish kerak.

Bu savol haqida batafsil →
4

Yo'l harakati qoidalari bo'yicha «yonlama oraliq masofa» ni ko'rsating:

Savol 4
Faqat «A»
Faqat «B»
Faqat «Б»
«A» va «B»To'g'ri

Izoh: YHQ 10-bobi 73-bandi: Haydovchi o'zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to'qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yo'l harakati xavfsizligini ta'minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Tumanga qarshi chiroqlar va orqa tumanga qarshi chiroqlar birga yoqilishi mumkin:

Yetarlicha ko'rinmaslik sharoitidaTo'g'ri
Cheklangan ko'rinish sharoitida

Izoh: YHQ 23-bobi 137, 140 bandlari: Quyidagi hollarda tumanga qarshi chiroqlarni qo'llash mumkin: yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan; qorong'i vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga; ushbu Qoidalarning 138-bandida ko'zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi chiroqlar o'rniga. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni faqat yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni to'xtash chiroqlari(stop-signal)ga ulash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Ko'rsatilgan qaysi belgi reversiv harakat boshlanishi haqida axborot beradi?

Savol 6
«A»
«Б»
«B»To'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova 5.35. yoʻl belgisi «Reversiv harakatlanish». Bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin boʻlgan yo'l qismining boshlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Ushbu yo'l belgisi chorrahaga yaqinlashayotganlik to'g'risida ogohlantiradi, bunda Siz:

Savol 7
Faqatgina o'ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo'l berishingiz kerakTo'g'ri
Birinchi bo'lib o'tish huquqiga egasiz
Kesib o'tayotgan yo'ldagi transport vositalariga yo'l berishingiz kerak

Izoh: YHQ 1 ilova 1.6. yoʻl belgisi «Teng ahamiyatli yoʻllar kesishuvi». YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Haydovchiga transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanishga ruxsat etiladimi?

20 km/soat tezlikda harakatlanayotganda ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Qo'lni ishlatmasdan texnik vositalardan foydalanib gaplashishga ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-bobi 12-bandi: Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasini boshqarish paytida telefondan (telefondan quloqchinlar orqali va qo'llarni ishlatmasdan turib so'zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish bundan mustasno), transport vositasi salonining old qismiga o'rnatilgan tele, videomonitordan tele, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish.

Bu savol haqida batafsil →
9

Haydovchi chapga burilishda qaysi yo'nalish bo'yicha qoidani buzmoqda?

Savol 9
Ko'rsatilgan barcha yo'nalish bo'yichaTo'g'ri
Faqat «Б» yo'nalishi bo'yicha
Faqat «A» yo'nalishi bo'yicha

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.8.1. "Tasmalar bo'yicha harakat yo'nalishi" Tasmalar soni va har biri bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishlari. Boshqa yo'nalishlar bo'yicha harakatlanish taqiqlanadi. YHQ 2 ilova: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo'lagining chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Shatakka olib harakatlanishingiz mumkin:

Savol 10
Faqat «A» yo'nalishdaTo'g'ri
Faqat «Б» yo'nalishda
Istalgan yo'nalishda

Izoh: YHQ 1 ilova 3.7. yoʻl belgisi «Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi». Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →