❓ YHQ Savoli

Tumanga qarshi chiroqlar va orqa tumanga qarshi chiroqlar birga yoqilishi mumkin:

Yetarlicha ko'rinmaslik sharoitida
Cheklangan ko'rinish sharoitida

Izoh: YHQ 23-bobi 137, 140 bandlari: Quyidagi hollarda tumanga qarshi chiroqlarni qo'llash mumkin: yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan; qorong'i vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga; ushbu Qoidalarning 138-bandida ko'zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi chiroqlar o'rniga. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni faqat yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni to'xtash chiroqlari(stop-signal)ga ulash taqiqlanadi.