
Izoh: YHQ 1 ilova: 5.8.1. "Tasmalar bo'yicha harakat yo'nalishi" Tasmalar soni va har biri bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishlari. Boshqa yo'nalishlar bo'yicha harakatlanish taqiqlanadi. YHQ 2 ilova: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo'lagining chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi.