77

Bilet 77

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

«Quvib o'tish» atamasi nimani bildiradi?

Egallagan harakatlanish bo'lagidan chiqib, oldinda harakatlanayotgan transport vositasidan o'zib ketish
Bir va bir necha transport vositalaridan o'zib ketish
Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, so'ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bog'liq bo'lgan o'zib ketishTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: Quvib oʻtish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bogʻliq bo'lgan o'zib ketish.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ko'rsatilgan yo'l belgilaridan qaysi biri ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan kam bo'lgan yuk avtomobiliga o'ngga harakatlanishni buyuradi.

Savol 2
«A» va «Б»
Faqat «Б»To'g'ri
Faqat «A»
«Б» va «B»

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.2. «Harakatlanish oʻngga».

Bu savol haqida batafsil →
3

Tormoz tizimiga ega bo'lmagan tirkama bilan harakatlanayotganda yengil avtomobilni tormoz yo'li qanday o'zgaradi?

Tirkama qo'shimcha qarshilikka ega bo'lgani uchun tormoz yo'li kamayadi
Tormoz yo'li uzayadiTo'g'ri
Tormoz yo'li o'zgarmaydi

Izoh: Tormoz yo'li uzayadi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Tuman sharoitida, agar ko'rinish masofasi 300 metrdan kam bo'lsa kunduzgi chiroqlarni yoqish yetarlimi?

Yetarli emasTo'g'ri
Yetarli

Izoh: YHQ 23-bobi 137-bandi: Quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan; sutkaning qorong'i vaqtida yo'lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qattiq yoki egiluvchan ulagichda shatakka olgan yuk avtomobilining kuzovida odam tashishga ruxsat etiladimi?

Taqiqlanadi
Ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 24-bobi 143-bandi: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yo'li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Sanab o'tilgan qaysi hollarda haydovchi orqadagi vaziyatni e’tiborga olishi kerak?

Faqat nam qoplama yoki yaxmalakli yo'llarda tormoz berganda
Faqat keskin tormoz berishda
Har qanday tormozlashdaTo'g'ri

Izoh: Har qanday tormozlashda.

Bu savol haqida batafsil →
7

Qaysi yo'l belgisi barcha transport vositalarining harakatini istisnosiz taqiqlaydi?

Savol 7
«A»
«Б»To'g'ri
«B»

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.17.2. «Xavf-xatar». Yo'l-transport hodisasi yoki boshqa xavfli vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Chorrahaga kirishda Siz:

Savol 8
Birinchi o'tish huquqiga egasiz
Mototsiklga yo'l berishingiz kerak
Har ikkisiga ham yo'l berishingiz kerakTo'g'ri

Izoh: YHQ 14-bobi 98-bandi: Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Bu savol haqida batafsil →
9

Yo'lning keskin burilishida yuzaga keladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi nima qilishi kerak?

Sanab o'tilgan har ikki usulni qo'llashga ruxsat etiladi
Burilishdan oldin tezlikni kamaytirib, avtomobilni erkin harakatlanishi uchun ilashma tepkisini bosishi
Burilishdan oldin tezlikni kamaytirish, kerak bo'lsa uzatmalar pog'onasini pasaytirish, burilishdan o'tayotganda tezlikni oshirmaslik va avtomobilni keskin tormozlamaslikTo'g'ri

Izoh: Burilishdan oldin tezlikni kamaytirish, kerak bo'lsa uzatmalar pog'onasini pasaytirish, burilishdan o'tayotganda tezlikni oshirmaslik va avtomobilni keskin tormozlamaslik.

Bu savol haqida batafsil →
10

Kunning qorong'i vaqtida va bulutli ob-havoda ro'paradan kelayotgan avtomobil tezligi qanday tuyuladi?

Aslidagidan katta tezlikda tuyuladi
Aslidagidan kam tezlikda tuyuladiTo'g'ri
Tezlikni qabul qilish o'zgarmaydi

Izoh: Aslidagidan kam tezlikda tuyuladi.

Bu savol haqida batafsil →